Isroil Suriyaga hujum uyushtirdi

Isroil o'tgan yanvar oyida ham Suriyaga qaratilgan hujum uyushtirgan edi.

417883
Isroil Suriyaga hujum uyushtirdi

Isroil, haydovchisiz havo transporti orqali Suriyaning janubiga hujum uyushtirdi.

Hujum oqibatida Asad kuchlaridan 5 nafar jangchi halok bo’ldi.

Hizbullahga qarashli al-Manar telekanali, hujumning Golan tepalariga yaqin joydagi Hader qishlog’ida uyushtirilganligi haqida ma’lumot tarqatdi.

Yana ushbu xabarga ko’ra Isroilga oid haydovchisiz havo transporti bir avtomobilni portlatib yubordi. Avtomobil ichidagi Asad rejimi tarafdorlaridan 3 nafar jangchi bilan 2 nafar Hizbullah a’zosi o’ldirildi.

Isroil o’tgan yanvar oyida ham, Suriyaga qaratilgan hujumda 6 nafar Hizbullah a’zosi bilan bir nafar eronlik generalni o’ldirgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar