Velosipeb minishlik, inson umrini 6 oy uzaytirishi mumkin

Dunyo miqyosida, eng ko'p velosiped minganlar, gollandiyaliklardir.

314356
Velosipeb minishlik, inson umrini 6 oy uzaytirishi mumkin

Gollandiyaning Utrecht universitetida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi, muntazam ravishda velosiped minganlarning velosiped minmaganlarga qaraganda yana da uzoqroq umr ko’rishi haqida so’z qilmoqda.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Gollandiyadagi Markaziy statistika qo’mitasi birgalashib 50 ming kishi ustidan tadqiqot ishi yuritar ekan mamlakat bo’ylab qariyb 11 ming kishining velosiped minganligi bois yana-da uzoqroq umr ko’rish imkoniga ega bo’lganligini aniqladi.

Velosiped minishning sog’lom hayotga qo’shgan hissasi birinchi marotaba tadqiqot orqali aniqlanar ekan tadqiqotchilar qo’lga kiritilgan ma’lumotlardan so’ng, velosiped minishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish kerakligini ta’kidladi.

Dunyo miqyosida eng ko’p velosiped mingan davlatlar orasida o’rin olgan va 16 million aholiga ega bo’lgan Gollandiyada qariyb 18 million dona velosiped mavjud.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar