Xitoydagi kema halokatidan so'ng 18 kishining jasadi topildi
To’ntarilgan kemaning ichida havo borligi tahmin qilinmoqda, shu sababli ko’plab yo’lovchilarning tirik bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
Xitoyda Nanjing shahridan Chongqing shahriga tomon yo’l olgan kema turistik Yangtze daryosida sodir bo’lgan dovul oqibatida halokatga uchradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, kemadan faqatgina 14 kishi qutqarilgan, 18 kishining jasadi chiqarilgan.
To’ntarilgan kemaning ichida havo borligi tahmin qilinmoqda, shu sababli ko’plab yo’lovchilarning tirik bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
Noqulay havoda yuritilgan qutqaruv faoliyatlariga 4 ming mutahassis qatnashmoqda.
G’avvoslar uch tomondan sho’ng’ib kema va atrofida qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Kemada 406 yo’lovchi, turistlarga yo’l ko’rsatuvchi 5 rahbar va 47 ekipaj bo’lgan.
Kemada 50 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan turistlarning borligi aytilmoqda.
Aloqador xabarlar
![Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/8510/1012/916e/666c45b08c0b2.jpg?time=1718448388)
Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi