Angliyalik qizlar terror tashkiloti DAİSh safiga qo’shildi

Terror tashkiloti DAİSh safiga qo’shilish uchun Angliyadan Suriyaga tomon yo’lga chiqqan uch qizning Rakka shahrida ekani aytilmoqda.

255565
Angliyalik qizlar terror tashkiloti DAİSh safiga qo’shildi


Sky xabar kanalining Turkiya-Suriya chegarasida faoliyat ko’rsatgan Stuart Ramsay ismli muhbiri ma’lum qilishicha, 15 yoshdagi Shamima Begum, 15 yoshdagi Amira Abase va 16 yoshdagi Kadiza Sultana Rakkada internet orqali tanishgan bir ingliz qizning yoniga kelib joylashgan.
17 fevral kuni Londondan İstanbulga kelgan qizlar Turkiya orqali Suriyaga o’tib, DAİSh safiga qo’shilgani tahmin qilinmoqda.
Ushbu qizlarning oilalari ingliz politsiyasini vazifasini suis’temol qilganlikda ayblamoqda.
Chunki, politsiya xodimlari dekabr oyida sinfdoshi DAİSh safiga qo’shilish uchun Suriyaga qochib ketgan Begum, Abase va Sultanani so’roqqa tutgan edi.
Politsiya xodimlari o’tgan oy uchala qizni takror so’roqqa tutgani va oilalariga berish uchun qizlarning har biriga maktub bergani aniqlangan edi.
Maktubda qizlarning Suriyaga qochib ketgan sinfdoshlari haqida yozma ifoda berishi uchun oilalaridan ruxsat talab qilgan edi.
Ma’lum bo’lishicha, yosh qizlar ushbu maktubni oilalaridan yashirgan va maktub ular g’oyib bo’lgach xonasidan topilgan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar