Afg'onistondagi Turk shahidning kim ekanligi ma'lum bo'ldi

Afg'onistonda so'dir bo'lgan bombali hujum natijasida Turk harbiydan tashqari 1 nafar afg'on fuqaro ham halok bo'lgan edi...

239324
Afg'onistondagi Turk shahidning kim ekanligi ma'lum bo'ldi

Bugun, ertalab, Afg’onistonda uyushtirilgan bombali hujum natijasida shahid bo’lgan harbiyning Adem Shengul ekanligi ma’lum bo’ldi.

Huddi osha voqeada jarohat olgan Ahmet Basatlini davolash ishlari Bagram Ussu kasalxonasida davom etmoqda.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Bosh shtab boshqarmasi boshligi Armiya generali Nejdet Ozel bilan NATOning Afg’onistondagi Yuqori martabali fuqaroviy vakili elchi İsmoil Aramazdan voqea haqida ma’lumot oldi.

Prezident Erdog’an hujumda jarohat olgan harbiyga shifo tilar ekan shahid bo’lgan harbiyga rahmat tiladi. Shu bilan birga marhumning oilasiga, yaqinlariga va Turk qurolli kuchlariga ta’ziya izhor etdi.

Erdog’an, ortidan, Afg’oniston Prezidenti Eshref G’ani bilan telefon orqali gaplashdi. Janob G’afi, Erdog’anga ta’ziya izhor etdi. Shuningdek, voqeaning yoritilishi uchun har qanday chora-tadbirga, har qanday hamkorlikga tayyor ekanligini aytganligi ham ma’lum bo’ldi.

Prezident Erdog’an ham Afg’on hamkasbiga, ushbu hujum haqidagi har qanday mavzuda yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Shu bilan birga Turkiya, Turk harbiyning shahid bo’lishiga sabab bo’lgan Qobildagi bombali hujumni qoraladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan izohatda, “Pastkashlarcha amalga oshirilgan ushbu hujumni qoralaymiz.

Shahidimizni Olloh rahmat qilgan bo’lsin. Oilasiga, yaqinlariga va millatimizga ta’ziya izhor etib qolamiz. Shuningdek, jarohat olgan harbiyimizning, eng qisqa muddat ichida shifo topishini tilaymiz” degan ifoda o’rin olgan.

Shuningdek Tashqi ishlar vazirligi o’z izohatiga, “Afg’on rasmiylarining, hujum ortidan ko’rsatgan yaqin munosabati va birdamligini olqishlaymiz. Hujumni uyushtirganlarning esa zudlik bilan qo’lga tushirilib, adolatga topshirilishini tilaymiz” ifodasini qo’shimchaladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar