Boko Haram terror tashkiloti ona va bolalarni ozod qildi

Nigeriyada Boko Haram terror tashkiloti tomonidan insonlarni garovga olish, uylariga bosqin uyushtirish va norasida bolalarni o’g’irlab ketish holatlari avj olib bormoqda.

224738
Boko Haram terror tashkiloti ona va bolalarni ozod qildi



Nigeriyada Boko Haram terror tashkiloti Katarko qishlog’idan asir sifatida olib ketgan 158 dan ziyod ona va bolalarni ozod qildi.
Asirlikdan ozod bo’lgan ona va bolalar oilalariga topshirildi.
Aytishlaricha, sog’ligi yaxshi bo’lgan ona va bolalar bilan psihologlar ish olib boradi.
Lekin, qishloqdan olib ketilgan kamida 20 kishi hamon terror tashkilotining qo’lida asirlikda ekani aytilmoqda.
Hukumat avvalgi kuni qochqin lagerlariga pinhona kirib olgan tashkilot jangarilariga qarshi harbiy amaliyot o’tkazishini ma’lum qilgan edi.
Boko Haram terror tashkiloti o’tgan yili 14 aprel kuni hududdagi bir maktabdan 200dan ziyod o’quvchi qizlarni o’g’irlab ketgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar