NATO Mudofaa Vazirlar yig'ilishi...

NATO Mudofaa Vazirlari İttifoqning yangi davr bilan aloqali xavfsizlik strategiyasini muhokama qilmoqda.

212526
NATO Mudofaa Vazirlar yig'ilishi...

NATO Mudofaa Vazirlari İttifoqning yangi davr bilan aloqali xavfsizlik strategiyasini muhokama qilmoqda. 

Turkiyadan Milliy Mudofaa Vaziri İsmet Yilmaz qatnashgan yig'ilishda 2016 yil faoliyatga o'tadigan yetakchi kuch bilan tegishli tayyorgarliklar, Rossiyaga qarata izlanadigan murofaa strategiyasi, Ukrina va Gruziya bilan yangi hamkorlik mavzulari muhokama qilindi.

NATO Bosh Kotibi Jens Stoltenberg, 13 nafar bo'lgan yetakchi kuchning 30 mingga chiqarilishi mo'ljallanganini izohladi.

2016 yili faoliyatga o'tgan va taranglik chog'ida tezda faoliyatga o'tadigan yetakchi kuchning esa 5 ming askardan tashkil topishi nazarda tutilmoqda.

NATO Mudofaa Vazirlari Baltika o'lkalari Polsha, Ruminya va Bolgariyada 6 nazorat nuqtasi vujudga keltirishni tasdiqlashi ham kutilmoqda.

Milliy armiyalar bilan NATO kuchlari o'rtasida aloqa nuqtasi bo'ladigan bu markaz, harbiy mashg'ulotlarni tartiblaydi va NATO kuchlariga logistik dastak beradi.

NATOning Rossiya vujudga keltirgan xavfsizlik tahditi tufayli strategik o'zgarish kiritganini ifoda etgan Stoltenberg, "Qirimni o'z tuproqlariga qo'shib olgan va xalqaro huquqni paymol qilgan Rossiya hujumkorona harakatlariga qarshi bu qadam tashlanmoqda" deb ma'ruza qildi.

Stoltenberg, Germaniyaning Munih shahrida 6-8 Fevral kunlari orasida uyushtirilgan Xavfsilzik Konferensiyasida Rossiya Tashqi İshlar Vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi. 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar