Saudiya Arabiston İSHİDning qora ro’yxatida...

İSHİDga qarshi urush ochgan xalqaro koalitsiyaga yordam bergani uchun İSHİDning qora ro’yxatidan joy olgan Saudiya Arabistonda radikal guruhlar bilan aloqador 135 kishi qamoqqa olindi.

140464
Saudiya Arabiston İSHİDning qora ro’yxatida...

Suriya va İroqda vaziyat hamon notinch.
İSHİD terror tashkiloti İroq va Suriyaning mushtarak masalasiga aylanar ekan, ayni paytda Beshar Asad rejimining muholiflarga nisbatan hujumlari davom etmoqda.
Suriyada İSHİD bilan Beshar Asad kuchlari Deyrezordagi harbiy aeroportning nazoratini qo’lga kiritish maqsadida janga kirdi.
Chorshanba kuni aeroportga hujum qilgan İSHİD Beshar Asad kuchlari tomonidan to’xtatildi.
İroqda ham İSHİDning ehtimoliy hujumlariga qarshi jiddiy xavfsizlik tadbirlari olindi.
İSHİDga qarshi urush ochgan xalqaro koalitsiyaga yordam bergani uchun İSHİDning qora ro’yxatidan joy olgan Saudiya Arabistonda radikal guruhlar bilan aloqador 135 kishi qamoqqa olindi.
İroq Tashqi ishlar vaziri İbrahim Jaferiy bilan Beshar Asad rejimining Tashqi ishlar vaziri Velid Muallim İSHİD masalasini muhokama qilish uchun bugun Tehronda Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Jevat Zarif bilan uchrashadi.
İSHİD tahdididan havotirda bo’lgan Beshar Asad rejimi Suriyada hamon qon to’kmoqda.
Suriya qo’shini haftalar mobaynida muholifat nazoratida bo’lgan Halap va atrofidagi tumanlarni havodan portlatmoqda.
Muholif yetakchilar kelgusi kunlarda Gaziantepda BMTning Suriyadan mas’ul vakili Steffan de Mistura bilan sulh bitimi ustida muzokara yuritadi.
Dastlab Mistura tomonidan tayyorlangan mavzuga doir loyiha tomonlar o’rtasida qabul qilinmagan edi.
Beshar Asad rejimi tomonidan ma’qul ko’rilgan bir guruh muholif yetakchilar bir hafta mobaynida Moskvada rus vakillar bilan yechim rejasi ustida bosh qotiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar