Biden Erog’lu bilan uchrashishni rejalamoqda

Amerika Prezident o’rinbosari Joe Biden ertaga Orolga tashrif buyuradi.

70011
Biden Erog’lu bilan uchrashishni rejalamoqda

Biden Erog’lu bilan uchrashishni rejalamoqda.


Amerika Prezident o’rinbosari Joe Biden, Janubiy Kipr Rum Boshqaruvi rahbari Nikos Anastasiadisning taklifiga binoan ertaga Orolga tashrif buyuradi.


Anastasiadis bilan uchrashmoqchi bo’lgan Biden Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Erog’lu bilan ham uchrashishni rejalashtirmoqda.


52 yil oradan so’ng Amerikadan orolga dastlabki oliy darajali ziyoratni amalga oshirgan Biden, orolda doimiy tinchlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlik va energiya masalalarini muhokama qiladi.


Biden, Larnakada Rum Ortadoks Bosh ruhoniyligiga borib, Kipr muftiyi Talip Atalay bilan bir qatorda ko’plab diniy yetakchi bilan yig’ilish o’tkazadi.
Biden, keyinchalik Janubiy Kipr Rum Boshqaruvi yetakchisi Anastasiadis bilan o’zaro rasmiy uchrashuv amalga oshiradi.
Qolaversa, BMT harbiylari nazoratidagi hududga ham tashrif buyuradi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar