Energiya kun tartibi-18

Turkiya-Iroq o’rtasida energetika bo’yichadiplomatik faoliyatlar…

2133429
Energiya kun tartibi-18

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning 22-aprel kuni Iroqqa tashrifi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko'tarishga zamin yaratdi.

Tashrif doirasida energetika, harbiy hamkorlik, transport, qishloq xo'jaligi va boshqa ko’plab sohalar bo’yicha 26 ta shartnoma imzolandi.

 Imzolangan hujjatlar orasida eng muhimlaridan biri, shubhasiz, “Taraqqiyot yo‘li” to‘g‘risidagi bitim bo‘ldi. Qolaversa, ushbu bitimga nafaqat Turkiya va Iroq, balki Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar imzo chekdi.

Xo'sh, nima uchun “Taraqqiyot yo‘li” loyihasi muhim? Ushbu loyiha natijasida mintaqada qanday muvozanatlar o'zgaradi?

“Taraqqiyot yo‘li” loyihasi doirasida 1200 kilometr temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini qurish koʻzda tutilgan.

Natijada, Turkiyaning Iskenderun porti va Fors ko‘rfazidagi Fav porti bir-biriga bog‘lanadi. Bundan tashqari, loyiha Yevropa va Osiyo savdo yoʻllarini bogʻlovchi eng qisqa yoʻl boʻladi.

Bu dengiz sharoitidan qat'i nazar, Yevropa Ittifoqi va Fors ko'rfazi mintaqasi o'rtasida uzluksiz savdo oqimini ta'minlaydi.

Loyiha bilan ko'rfaz davlatlaridan, shuningdek, Iroqdan Yevropaga gazni tashish kamroq vaqt talab qiladi va ancha tejamkor bo'ladi. “Taraqqiyot yo’li” loyihasi Turkiyaning “energiya markaziga aylanishi” yondashuviga ham katta hissa qo’shadi.

Loyiha asosida Turkiya Iroqning energiya manbalarini jahon bozorlariga olib chiqishda faolroq rol o'ynaydi. Qizil dengizdagi inqiroz tufayli navigatsiya ko’rsatgichlari soni sezilarli darajada kamayganidan keyin “Taraqqiyot yo’li” loyihasi ham Suvaysh kanaliga asosiy raqib bo'ladi.

Fav portidan Yevropaga suzib ketayotgan kema Suvaysh kanaliga qaraganda 15 kunlik tejamkorlikka erishadi. Birinchi kema joriy yil oxirida Fav portiga langar tashlashi kutilmoqda.

Qurilish tugallangach, port Dubayning Jebel Ali portidan o'tib, Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner portiga aylanadi.

Prezident Erdo'g'anning Iroqqa tashrifi doirasida, “Taraqqiyot yo’li” loyihasi bilan bir qatorda energiya sohasida ham juda muhim hamkorlikka imkoniyat yaratildi. Turkiya va Iroq oʻrtasida energiya sohasida hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi..

Shu munosabat bilan “Kerkuk Yumurtalik” neft quvur liniyasining juda qisqa vaqt ichida faoliyatini qayta boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, Basra neftining “Taraqqiyot yo’li” loyihasiga parallel ravishda quriladigan quvur liniyalari orqali kelgusi davrda Turkiyaga olib o'tilishi rejalashtirilayotganligi ham ma’lum qilindi.

Iroqning tasdiqlangan neft zaxiralari taxminan 145 milliard barrelga baholanmoqda. Mamlakat jahon neft zahiralarining qariyb 8 foiziga ega. Iroq nefti ishlab chiqarish tannarxi va sifati bo'yicha dunyodagi eng arzon neftlardan biri sifatida tanilgan.

Qolaversa, Prezident Erdo'g'anning Iroqqa tashrifi chog'ida o'tgan aprel oyida oqimi to'xtatilgan Iroq-Turkiya xom neft quvur liniyasining yana ishga tushirilishi ham kutilmoqda.

“Kirkuk Yumurtalik” xom neft quvur liniyasi yiliga 70 million barreldan ortiq tashish quvvatiga ega. Kelgusi davrda liniya quvvatini kengaytirish mumkin. 

Turkiya bilan Iroq o'rtasidagi savdo hajmi yiliga 30 milliard dollar atrofida. Tomonlar o'rtasidagi muloqotning kuchayishi bilan hajmni yanada oshirish maqsad qilinmoqda. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar