Chunki-20

Tibbiyotning ramzi ilondir.

2139022
Chunki-20

 

Dasturimizning bugungi sonida insoniyatning jamoaviy ongidan kelib chiqqan va bugungi kunda ham universal miqyosda qo'llanilayotgan ramz haqida gaplashamiz. Ma’lumki, ilondan ko’pchilik qo’rqadi. Insonlarda qo’rquv uyg’otgan ilon qanday qilib tibbiyotda shifo vositasiga aylangan.

Insoniyat bilan bog'liq topilmalar, hayvonlarning qiyofalari hayotimizda birinchi insoniyat jamiyatlari paydo bo'lganidan beri mavjud ekanligini ko'rsatadi. Hayvonlar, ehtimol, 45 ming yil oldin tasvirlangan birinchi rasmlardan beri insoniyat madaniyatining asosi bo'lgan. 12 ming yil avval qurilgan va oʻz kashfiyoti bilan tarixga oid oʻrnatilgan tushunchani tubdan oʻzgartirgan Göbeklitepedan boshlab, barcha maʼlum mifologiyalarga qadar hayvonlar insoniyatning ham tabiiy hayotni baham koʻrish, ham ramziy ifodalash uchun foydalanadigan eng asosiy manbadir.

Mifologiyalar tabiat hodisalari, ayniqsa, yirtqich va zaharli hayvonlardan qo‘rqish, odamlarning cheksiz tasavvurlari uyg‘unligidan shakllangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Hatto bugungi kunda ham kelib chiqishi noma'lum bo'lgan voqealarni tushuntirish uchun g'ayritabiiy kuchlarga murojaat qilish insoniyatning adashgan yo'llaridan biridir. Biz bilamizki, hayvonlar qadimgi davrlardan beri bu kuchlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Garchi mifologik belgilar va ramzlar bugungi kunda osmon jismlari nomlarida eng ko'p uchraydigan bo'lsa-da, aslida biz kundalik hayotimizda ko'proq duch keladigan tasvir bor: biz barcha kasalxonalarda ko'radigan ilon dori belgisi..

Hozir Luvr muzeyida saqlanayotgan Shumer qiroli Gudea Birinchining tosh relyefida stakanda bir-biriga o‘ralgan holda tasvirlangan ikki ilon tasviri mavjud. Olimlarning taxminiga ko’ra, u salomatlik xudosi Ningizzidani ifodalaydi.

Qadimgi yunon va rim mifologiyasida ilon tibbiyot xudosi deb atalgan Asklepiosning belgisidir. Bemorlarga shifo beruvchi Asklepios, ilon o'ralgan tayoq bilan tasvirlangan. Bundan tashqari, Qadimgi Mesopotamiya va Misr madaniyatlarida ilonlar shifo bilan bog'liq bo'lgan ilohiy ramzlar sifatida namoyon bo'ladi. Ilonning terisini toʻkish yoʻli bilan qayta tiklanish qobiliyati koʻplab qadimiy matnlarda kasallikdan tuzalib yangilanishni ifodalovchi metafora sifatida ham oʻz oʻrnini egallaydi. 

Ilonning oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan harakatlari, o‘limga olib keladigan zaharidan hosil bo‘lgan qo‘rquv uni hurmat qilinadigan, hatto shifo kutiladigan darajaga ko‘tardi, deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Qadimgi odamlarning bunday yondashuvi kunimizda boshqacha talqin qilinadi. Ilon zahari bugungi kunda farmatsevtika sanoati tomonidan qo'llaniladigan kimyoviy moddadir. So‘zimiz oxirida farmakologiya so‘zining asosi bo‘lgan “farmakon” so‘zi qadimgi yunon tilida “zahar”, hamda “dori” degan ma’noni anglatadi.

1959 yilda Jahon Tibbiyot Assotsiatsiyasi tomonidan “tayoqqa o'ralgan ikkita ilon” tasviri tibbiyot timsoli sifatida qabul qilingan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar