Ishchilar dunyosida yangi tartib: Gig iqtisodiyoti

Internet davri bizni, “gig iqtisodiyoti” deb nomlangan yana bir faoliyat modeli bilan tanishtirdi.

2054800
Ishchilar dunyosida yangi tartib: Gig iqtisodiyoti

Internet davri bilan globallashib borayotgan dunyoda pandemiya paytida keng tus olgan “gig iqtisodiyoti”, bugungi kunda jadal ravishda o‘sib bormoqda. Freelance faoliyat yuritayotganlar uchun turli imkonlar taqdim etgan gig iqtisodiyotining salbiy jihatlari ham bor. Xo‘sh, gig iqtisodiyoti nima degani?

***

Internet davri bizni, “gig iqtisodiyoti” deb nomlangan yana bir faoliyat modeli bilan tanishtirdi.

Ayniqsa, pandemiya davrida o‘sgan gig iqtisodiyoti globallashayotgan dunyoda o‘sishni davom etar ekan, ayni paytda, deyarli barcha yoshdagi insonlarning muntazam yoki qo‘shimcha daromad topishiga ham imkon yaratmoqda.

Freelance ish modelini o‘z ichiga olgan ushbu modelning ijobiy jihatlari bo‘lganidek, salbiy tomonlari ham bor.

Xo‘sh, kundan - kunga o‘sishni davom etayotgan ushbu iqtisodiy model aynan nimani anglatadi?

Gig iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

Gig so‘zi, musiqa tarmog‘idan olingan atamadir. Bu qisqa muddatli ishlar degan ma’noni anglatadi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan esa, vaqtinchalik ish yoki vaqtinchalik bandlik deyish mumkin.

Ayniqsa, pandemiya davrida yaratilgan ish sharoitida e’tiborni o‘ziga tortgan gig iqtisodiyotining yuksalish sur’ati, bugungi kunda ham o‘sishda davom etmoqda.

***

Freelance faoliyat shaklini o‘z ichiga olgan gig modeli, afzalliklaridek ba’zi kamchiliklarga ham ega.

Xodimlar uchun ish beruvchi bilan yakka o‘zi shug‘ullanishi, kasaba uyushma huquqlaridan mahrum qolishi yoki doimiy daromadga ega bo‘lmasligi kabi xavfli jarayondek ko‘rinishi mumkin.

Ammo boshqa jihatdan, bu bir imkoniyatdir. Chunki moslashuvchan faoliyat yordamida, inson o‘z o‘ziga yangi faoliyat muhitlari yarata olishi mumkin. Ayniqsa, raqamli platformada yangi ish imkonlariga erishish ehtimoli yuqori.

Eng muhimi "tasarruf”...

Ayniqsa yirik kompaniyalar ham tobora ortib borayotgan talablarni qondirish ham da vaqtni tejash uchun gig iqtisodiyoti yordamida keng tarqayotgan freelance ish modeliga murojaat qilishni davom ettirmoqda.

Bir kishini ishga olib unga to‘liq ish haqqi to‘langudek bo‘lsa unda, uning harajatlari bilan birga chiqimi ham ko‘payadi. Ammo siz unga 5 soatlik, kundalik yoki oylik ish topshirsangiz, unda, buning chiqimi ham kamaymoqda.

Bugungi kunda kompaniyalar muntazam ravishda ishlagan o‘z xodimlari bo‘lganidek o‘zining va mijozlarining ishlarini tashqaridan, freelance modelida ish olib borganlar bilan ham hal qilish imkoniga egalar.



Aloqador xabarlar