Ijtimoiy tarmoqlardan koʻp fojdalanish insonlarni yolgʻizlikka yetaklamoqda

Kemal Sayar, ayniqsa, pandemiyadan keyin ijtimoiy tarmoq va onlayn oʻyinga boʻlgan qaramlilik ortganini belgilab oʻtgan holda, ijtimoiy tarmoq insonlarni yolgʻizlikka yetaklashini, buning esa ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkinligini qayd etdi.

1917708
Ijtimoiy tarmoqlardan koʻp fojdalanish insonlarni yolgʻizlikka yetaklamoqda

Marmara universiteti tibbiyot fakulteti Psixiatriya kafedrasi o‘qituvchisi professor doktor Kemal Sayar, oilada genetik kasalligi borlar, bolalik davrida jarohat olganlar, biron bir voqeaga salbiy jihatdan qarashni odatga aylantirganlar depressiya xavfi ostida ekanini qayd etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarga boʻlgan qaramlilik ham depressiyaga olib kelishi mumkinligini ifoda etgan Sayar, mavzu haqida:

“Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning yolgʻizligini kuchaytiradi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda oʻzimizni yupatgandekmiz ammo u yerdagilar haqiqiy doʻstlik emasligini qiyinchilikka duchor boʻlganimizda tushinib yetamiz. Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning narsissizligini ham kuchaytirmoqda. Hammamiz kimgadir yoqishni va olqishlanishni xohlaymiz. Bu ham boʻlsa insonlarni g‘alati ahvolga soladi. Ko‘proq yoqishlik uchun, ijtimoiy tarmoqlarda yana – da ko‘proq vaqt sarflayapmiz. Buning uchun qanchalik ko‘p vaqt sarflasangiz, insonlardan ana shunchalik uzoqlashasiz. Natijada, tushkunlikka tushish mumkin. Bu haqida koʻplab nashrlar bor. Shu bois ham har doim ijtimoiy tarmoqdan kamroq foydalanishni tavsiya qilamiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Sayar, ayniqsa, pandemiyadan keyingi davrda ijtimoiy tarmoq va onlayn oʻyinga qaram boʻlgan insonlar sonida ortish borligini ta’kidlab, bolalarni ekrandan uzoqlashtirish murakkab ekanini ifoda etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish zarurligini ta’kidlagan Sayar, “Biz, aqlli jihozlarning oʻyinchogʻiga aylanmay, undan me'yorida foydalanishni bilaylik. Biz ularning emas, ular bizning oʻyinchoqlarimiz. Shunday ekan, nazorat va iroda ham bizda boʻlishi kerak”,-dedi.

 “Yangi davolash usullari ishlab chiqilmoqda”

Depressiyani davolash uchun yangi usullar ishlab chiqilganini ifoda etgan Sayar, “Depressiyani davolashda keng va chuqur natija beruvchi yoʻlga hali hanuz duch kelinmadi. Bugungi kunda bir necha yoʻl-yoʻrigʻi bor xolos”.-deya gapirdi.

Sayar, samarali dori-darmon va psixoterapiya usullari orqali depressiyani davolashda muvaffaqiyatga erishganliklari va bu ikki davolash usulining kombinatsiyasi ancha samarali natija berganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Tushgunlikka tushganlar, shifoxonalarga borib, psixiatrlarga murojaat qilishlari mumkinligini ham ta’kidlagan Sayar, “Bunday kasallikka chalinganlar ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlanmagan va bugungi kunning modasiga aylangan "subliminal tozalash" kabi yoʻllarga murojaat qilish oʻrniga qay daraja natija berishi isbotlangan psixoterapiya usullari va biologik muolajalarga e’tibor bersa, unda, yanada foydali natija olsihini ta’kidladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar