Yevrosiyo kun tartibi - 20 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Yevrosiyo Respublikalari kun tartibidagi oxirgi vaziyatlar haqida so‘z qilamiz.

2140627
Yevrosiyo kun tartibi - 20 (2024)

2024 - yilning 7 - mayi kuni Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto O‘zbekistonga tashrif uyushtirdi. Peter Siyyarto Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Vengriya Tashqi Ishlar va savdo vaziri Siyyarto, O‘zbekiston - Vengriya hukumatlararo komissiyasining majlisida ishtirok etdi. O‘zbekiston, Yevropa davlatlaridan keluvchi investorlar uchun maxsus erkin iqtisodiy zona tashkil etmoqda.

Vladimir Putin 2024 - yilning 7 - mayi kuni shu bilan beshinchi marotaba qasamyod qilib, Davlat rahbarligi vazifasini boshladi. Vladimir Putin, ushbu vazifasini yana 6 yil davom ettiradi. Joriy yilning 10 – mayi kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi ruxsati bilan Mixail Mishustin takror Rossiya Federatsiyasining Bosh vaziri deb tayin qilindi.

Moskva shahrida 2024 - yilning 9 - mayi kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining o‘ninchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kuba, O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Xuddi shu kuni liderlar G‘alaba bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdilar. Ushbu marosimda Turkmaniston va Gagavuz yeri Prezidentlari ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlari 2024 - yilning 10 – 11 mayi kunlari Olmaota shahrida tinchlik muzokaralari o‘tkazdilar. Muzokaralar haqida berilgan bayonotda, tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lgani va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bildirildi. Yerevanda muxolifat Ozarbayjon bilan tinchlik muzokaralari olib borilishiga norozilik bildirmoqda.

***

2024 - yilning 6 - mayi kuni Boku shahrida Xalqaro Turk akademiyasi tomonidan Turk dunyosi qoʻshma alifbo komissiyasining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, O‘zbekiston va Turkiyadan mutaxassislar ishtirok etdilar.

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov 2024 - yilning 7 – 8 mayi kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Bosh vazir Asadov dastlab Kahramanmarashga borib, Ozarbayjon tomonidan o‘tgan yili yuz bergan yer silkinishida ziyon ko‘rganlar uchun qurilayotgan qurilish ishlarini o‘z o‘rnida ko‘rib chiqdi. Joriy yilning 8 - mayi kuni Bosh vazir Ali Asadov Anqarada Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi. Xuddi shu kuni Bosh vazir Ali Asadov bilan Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz raisligida Turkiya - Ozarbayjon XI Davlat qo‘shma iqtisodiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jevdet Yilmaz bilan Ali Asadov, Turkiya - Ozarbayjon biznes - forumida ishtirok etib, nutq so‘zladilar.

Bolgariya Bosh vaziri Rumen Radev 2024 - yil 8 - may kuni, Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Poytaxt Bokuda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Bosh vazir Radevni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunida ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash boʻyicha qoʻshma deklaratsiya imzolandi.

Nikol Pashinyan Moskvada ekan, Yerevandan, Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bilan munosabatlarini zaiflashtirgani, bu yil uchun tashkilotga hech qanday hissa qoʻshilmagani haqida Yerevandan bayonotlar berildi.

Gruziya parlamenti 2024 - yilning 1 – mayi kuni “Xorijiy agentlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qabul qildi. O‘sha kundan beri muxolifat tomonidan mazkur qonundan voz kechish talab qilingan holda mitinglar uyushtirilmoqda. Gruziya va Armanistonda G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat avj oldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar