Yevrosiyo kun tartibi 23- qism

“Turkiya Ovozi” radiosida tayyorlangan “Yevrosiyo kun tartibi” dasturini tinglayapsiz. Dasturimizning bugungi qismida Turk Respublikalari kun tartibidagi voqealarga to'xtalamiz.

2149625
Yevrosiyo kun tartibi 23- qism

 

“Turkiya Ovozi” radiosida tayyorlangan “Yevrosiyo kun tartibi” dasturini tinglayapsiz. Dasturimizning bugungi qismida Turk Respublikalari kun tartibidagi voqealarga to'xtalamiz.

Hurmatli tinglovchilar, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2024-yil 26-27-may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Toshkentda ikki tomonlama va delegatsiyalararo uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

 Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasida 17 ta shartnoma imzolandi. Eng muhim kelishuvlardan biri sifatida Rossiyaning O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi bitimini keltirish mumkin.

 Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiyadagi muhandislik va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari rektorlarining alohida anjumanlari o‘tkazildi.

 O‘zbekistonda Rossiyaning 16 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari ochildi.

Davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning 27-may kuni Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi.

Rashid Meredov qozogʻistonlik hamkasbi Murat Nurtleu va Qozogʻiston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aviatsiya sanoati vaziri Jaslan Madiyev bilan uchrashdi.

 Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo’mart To’kayev Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte 2024-yilning 28-may kuni Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan keldi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasım Jo’mart To’kayev Niderlandiya Bosh vaziri bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Niderlandiya Qozog’iston iqtisodiyotiga 120 milliard dollar sarmoya kiritgani ma’lum qilindi.

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte Maqsut Narikbayev universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashdi.

 Qozog‘iston matbuotida ham Mark Ryutte NATO bosh kotibi lavozimiga kuchli nomzod bo‘lgani yozildi.

2024-yilning 29-31-may kunlari Misr Arab Respublikasi Senati Raisi Abdulvahob Abdulrozik amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

30-may kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvdan so‘ng ikki davlat senatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulrozikni qabul qildi.

Hurmatli tinglovchilar, Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov 2024-yil 29-may kuni rasmiy tashrif bilan Pokistonda bo‘ldi.

 Vazir Bayramov Islomobodda Pokiston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Pokiston armiyasi quruqlik kuchlari qo’mondoni Asim Munir bilan uchrashuvlar o’tkazdi.

2024-yil 30-may kuni Boku shahrida Ozarbayjon-Turkiya qo‘shma mehnat va ijtimoiy xavfsizlik doimiy komissiyasining 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig'ilishga vazirlar Sahil Babayev va Vedat Ishikhan rahbarlik qildi. Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Ishikxonni qabul qildi.

Shu kuni Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch va Ozarbayjon Adliya vaziri Fahid Ahmedov Anqarada uchrashdi.

 Uchrashuv yakunida ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi.

2024-yil 1-iyun kuni Shusha shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar taʼlim boʻyicha masʼul vazirlarning 8-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda tashkilotga a’zo davlatlar, Xalqaro Turkiy Akademiya va Turkiy davlatlar tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Voqealar , #Turkiy davlar , #Kun tartib , #Yevroosiyo

Aloqador xabarlar