Yevrosiyo kun tartibi-31

Dasturimizning bugungi sonida Rossiya-Ukraina urushining Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi tarkibidagi davlatlarga koʻrsatgan ta’siri haqida soʻz qilamiz.

1804967
Yevrosiyo kun tartibi-31

Rossiya Ukrainaga qarshi urush e’lon qilganidan beri oradan bir oydan ortiq vaqt oʻtdi. Urushni toʻxtatish uchun tomonlar oʻrtasida uyushtirilgan muzokaralar hozircha natija bermadi. Rossiya-Ukraina urushi butun dunyoga salbiy ta’sir koʻrsatdi lekin Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi tarkibidagi davlatlar, dunyoning boshqa davlatlariga qaraganda yana-da koʻproq ziyon koʻrmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.  

Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi tarkibidagi davlatlarning Rossiya-Ukraina urushiga boʻlgan koʻz qarashi, Kreml bilan boʻlgan mavjud munosabatlariga qarab shakllanmoqda. Rossiya bilan integratsiya jarayonini boshlatgan Belarus, ochiq-oydin Kremlning hujumkorona siyosatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo boshqa davlatlarning, Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan harbiy harakati, boshqacha qilib aytganda hujumlariga aniq munosabat bildirishini kutmaslik kerak. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Ukraina uchun uyushtirilgan ovoz berish jarayonida MDHga aʼzo davlatlarning bir qismi betaraf munosabat bildirar ekan, baʼzilari hatto ovoz berishda ham qatnashmadi. MDHga aʼzo davlatlar orasida faqatgina Oʻzbekiston, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashini hamda iddio etilgan Lugansk va Donetsk respublikalarini tan olmasligini bildirdi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujum uyushtirishi, G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishiga yoʻl ochdi. Bu sanksiyalar Rossiya bilan bir necha tarmoqda yaqin hamkorlikda boʻlgan MDHga aʼzo davlatlarga bevosita taʼsir qilmoqda. Ayrim davlatlarning yuqori martabali byurokratlari, bu inqirozni imkoniyatga aylantira olishlari va o‘z mamlakatlarining Rossiyaga eksport yoʻlga qoʻyishni orttirishi haqida gapirmoqda. Inqirozni imkonga aylantirib-aylantirmaslik, Rossiya-Ukraina urushining borishi va global oʻyinchilarning munosabatiga bogʻliq. Urush natijasida dunyoda qutblanishning kuchayishi va MDHga a’zo davlatlarning taraf tanlashga majbur qolishi, nomi tilga olingan davlatlarning iqtisodiy va boshqa sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Urush boshlanganidan keyin Rossiya bilan Ukraina oʻzlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun koʻplab mahsulotlarni chet elga eksport qilishni taqiqladilar. Bu holat Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab boʻldi. Oziq-ovqat xavfsizligi MDH geografiyasidagi mamlakatlarning kun tartibidagi eng asosiy masalaga aylandi.

Urushda insonlarning halok boʻlishi tabiiy holdir. Bir oydan beri davom etayotgan urushda Ukraina ham, Rossiya ham o‘z askarlari sonini mingdan ortiq, dushman askarlari sonini esa 15 ming atrofida deb ma’lum qildi. MDHga aʼzo davlatlardan Rossiyaga koʻchib kelgan va Rossiya fuqaroligi olgan harbiylarning halok boʻlgani haqidagi xabarlar, ommaviy axborot vositalarida oʻz aksini topmoqda. Bugungacha aslida qozog‘istonlik, qirg‘izistonlik va tojikistonlik boʻlgan rus askarlarining Ukrainada halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 24-fevraldan beri Ukrainani tark etganlar soni 3,8 millionga yetganini qayd etdi. Mamlakatda oʻz uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan ukrainaliklar soni esa 10 milliondan oshdi. Rossiyadan boshqa davlatlarga ko‘chib kelganlar ham bor. Koʻpgina rus mutaxassislari, ayniqsa maxsus dastur tuzuvchilar oʻz oilalari bilan MDHga a’zo boshqa davlatlarga koʻchib ketishdi. Ular, mahalliy iqtisodiyot va boshqa sohalarni rivojlantirishga hissa qoʻshishi mumkin. Ammo umuman olganda, urushning davom etishi MDHga a’zo davlatlarga salbiy ta’sir koʻrsatishni davom etadi.



Aloqador xabarlar