Bularni bilasizmi 27-qism

Turkiyaning birinchi balerinasi Merich Sumen ayni vaqtda mashhur “Bolshoy” teatrida bosh ro’lni ijro etgan dastlabki xorijlik “prima balerinasi” ekanini  bilasizmi?

1790700
Bularni bilasizmi 27-qism

 

Merich Sumen 1943 yilda tug'ilgan bo’lib, u Ninette de Valua xonim tomonidan asos solingan turk baletining yorqin yulduzi, Turkiyaning birinchi balerinasi va eng mashhur raqqosa-xoreograflardan biridir.

Merich Sumen 1961 yilda Anqara davlat konservatoriyasining balet bo'limini tugatgandan so'ng, Anqara Davlat Opera va Balet teatrida ishlay boshladi. Keyinchalik u balerina unvoniga sazovor bo’lgan. Anqara va Istanbul davlat opera va balet teatrlaridan tashqari, koʻplab xorij mamlakatlarida balet namoyishlarida ro’l ijro etgan. U shuningdek, turli mamlakatlarda balet darslari bergan, xalqaro balet tanlovlarida Turkiya nomidan saralash komissiyasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan.  Milliy va xalqaro maydonda ko'plab mukofot va unvonlarga sazovor bo'lgan Merich Sumen Moskvadagi “Bolshoy” teatr tarixidagi birinchi chet ellik balerina sifatida faoliyat ko’rsatgan.

U “Bolshoy” teatri qoshidagi balet akademiyasi oʻqituvchilik boʻlimini tamomlagach, “Balet oʻqituvchisi” diplomini olgan va bir muddat “Mimar Sinan” universiteti qoshidagi Istanbul davlat konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Balet san'atida Turkiyaning birinchi va yagona xalq artisti unvoniga ega bo'lgan Merich Sumen Davlat Opera va Balet teatrining bosh direktori lavozimida ham mehnat qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Merich Sumen

Aloqador xabarlar