Istanbulning Eyup dahasida joylashgan tepalik Piyer Loti nomi bilan atalganligini bilasizmi?

Bularni bilasizmi 65-qism

1605645
Istanbulning Eyup dahasida joylashgan tepalik Piyer Loti nomi bilan atalganligini bilasizmi?

 

1850-1923 yillarda yashab ijod qilgan taniqli fransuz yozuvchi Piyer Loti Usmoniylar madaniyati va Istanbuldan juda ta’sirlanib, u yerga ko’p marotaba kelgan va anchagacha Istanbulda yashagan. U Istanbulga ikkinchi kelishida bir ayol bilan tanishadi. Keyinchalik Usmoniylar davrida Turkiya haqida hikoya qilingan “Aziyade” nomli romani ushbu ayolning nomi bilan atalgan.

Piyer Loti diniy qadamjolari, tarixiy qabristonlari, tabiiy go’zalliklari va qadimiy joylashuv tarziga ega bo’lgan Eyup dahasini juda yoqtiradi va Istanbulga har kelishida Eyupda yashaydi. U Eyup dahasida butun Halich tepalikdan ko’rinib turadigan joydagi kahvaxonaga borib, u yerda anchagacha o’tirar va chiroyli manzarani zavq bilan tomosha qilardi. Insonlar bilan suhbatlashardi. Bugungi kunda nafaqat xorijlik, balki mahalliy sayyohlarning ham e’tiboridan joy olgan ushbu qahvaxona “Piyer Loti qahvaxonasi” deb ataladi. Qahvaxona joylashgan tepalik esa “Piyer Loti” tepaligi deb nomlangan.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Fransuz yozuvchi , #Piyer Loti

Aloqador xabarlar