Bundan buyon Armaniston kelajagi qanday shakllanishi mumkin?

Dasturimizning bugungi sonida, Armanistonning kelajagi haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 48)

1535103
Bundan buyon Armaniston kelajagi qanday shakllanishi mumkin?

2020 – yilning 10 – noyabri kuni Armaniston Qorabog‘ urushida mag‘lubiyatga uchraganini tan olib, uchli shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Kelishuvga qo‘l qo‘yilganidan beri Armaniston notinch. Yerevanda muxolifat Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, namoyishlar uyushtirmoqda. Xavfsizlik va razvedka tashkiloti ham muxoliflarni to‘ntarish uyushtirishda ayblab, hibsga olishdan voz kechmayapdi. Hukumatning Tashqi Ishlar, Mudofaa, Ta’lim – tarbiya va sport ishlari bo‘yicha vazirlari ish tashladi. Armaniston Favqulodda vaziyatlar vaziri bilan Mehnat vaziri ishdan olindi. Bir necha deputat bilan oliy darajali byurokrat o‘z vazifasidan ketganliklarini ma’lum qildi. Yerevandagi siyosiy inqirozga, Ozarbayjondan Armanistonga qochgan yuz mingdan ortiq arman muhojirning muammolari ham qo‘shildi. Bu vaziyatlar oldida “Armanistonning kelajagi qanday shakllanishi mumkin?” - degan savol tug‘ildi.   

Armanistonda muxolifat Nikol Pashinyan iste’foga chiqqunga qadar norozichilik namoyishlarini davom ettirish haqida qaror qabul qildi. Prezident Armen Sarkisyan ham muddatidan oldin saylov o‘tkazilishini qo‘llab – quvvatlab, Pashinyanni iste’foga chiqishga chaqirdi. Mamlakatda bu yuz berar ekan g‘arb bilan Rossiya Armanistonning kelajagida hukmronlik qilish jihatidan o‘rin ola olish uchun katta kurash ichiga kirdi. 

Kechagina ya’ni 21 – noyabr kuni Rossiya Mudofaa, Tashqi Ishlar, Sog‘likni saqlash vazirlari bilan boshqa rasmiylardan tashkil topgan hay’at, Yerevanga bordi. Pashinyanning hukmronlikka kelishi bilan Yerevan – Moskva munosabatlariga sovuqlik tushgandi. Roppa – rosa 44 kun davom etgan Qorabog‘ urushi, Rossiyaning Armanistondagi o‘rnini mustahkamlash uchun imkon yaratdi. Rossiya hay’atining eng asosiy kun tartibi Qorabog‘dagi vaziyatni qo‘lga olish bo‘lishidan qat’iy nazar uning ortida Armaniston yetakchiligi bilan munosabatlarning kelajagini muhokama qilish ekani oshkor edi.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Lavrov, “Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi urushni to‘xtatgan kelishuvda rol olmaganligi tushunchasi bilan AQSh va Fransiya Rossiyaga ranjidi”. – degan bayonotlar berdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Minsk guruhining aralashuvini va kuzatuvchi xalqaro kuchning Qorabog‘da o‘z zimmasiga vazifa olishini xohladi.    

Fransiya yetakchilik qilgan yevropalik davlatlar, “Qorabog‘ mustaqilligini tan olamiz”. – degan so‘zlar o‘rtaga tashladi. Aslida Pashinyan ham huddi shuni talab qilgandi. G‘arbliklar oxirgi vaziyatdan keyin o‘yindan chetda qolishni xohlamayapdi.

Armaniston 28 yillik ishg‘olning badali sifatida Ozarbayjonga o‘rtacha hisob – kitobga ko‘ra 50 milliard dollarlik tovon puli to‘lashga majbur. Bu raqamga mintaqadagi yer osti zaxirasiga yetkazilgan ziyon doxil emas.

Ko‘rib turilganidek Armanistonning vaziyati yaxshi emas. Yaqinda mamlakatda takror saylov o‘tkazilishi haqidagi masalalar kun tartibiga olib chiqilishi mumkin. Yerevan yetakchiligi Moskva va Parijdagi ittifoqlariga, turli mamlaktlarda yashagan boy diasporasiga ishonmay, eng avvalo har kuni yuz ko‘rishadigan qo‘shnilari bilan bo‘lgan munosabatini yo‘lga qo‘yishi lozim. Agar armanlar “Buyuk Armaniston” va “qatliom” iddiolaridan voz kechsa unda qisqa vaqt ichida iqitisodiy jihatdan vaziyatlarini tuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Armaniston Turkiya orqali g‘arbga, Gruziya orqali Qora dengizga, Ozarbayjon orqali Markaziy Osiyoga ochilib, mintaqa davlatlari bilan munosabatlarini takror yangi sahifaga ko‘tarish imkonidan foydalanishi mumkin. Armanistonda burilish nuqtasi yuz berayotgan bir davrda, oxirgi qaror albatta yana arman xalqiga oid.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabog‘ , #Armaniston

Aloqador xabarlar