Turkiya 29-oktabrdan boshlab 4-noyabrgacha Turk Qizil Yarim oy jamiyati haftasini nishonlamoqda

Turk Qizil Yarim oy jamiyati Turkiyadagi boy tajribaga ega gumanitar yordam ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi.

1297382
Turkiya 29-oktabrdan boshlab 4-noyabrgacha Turk Qizil Yarim oy jamiyati haftasini nishonlamoqda

Turkiya bu hafta 29-oktabr va 4-noyabr kunlari Turk Qizil Yarim oy jamiyatining tashkil topishining 151-yilligini nishonlamoqda. Turk Qizil Yarim oy jamiyati Turkiyadagi boy tajribaga ega gumanitar yordam ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Tashkilot tabiiy ofatda jabrlangan va urush qurbonlariga yordam berish maqsadida 1868-yildan beri o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Ham Turkiyada, ham chet elda yuz bergan ofatlar ortidan mintaqaga eng tezkor ravishda yetib borib, kerakli yordamni ko’rsatishga tayyor turgan Turk Qizil Yarim oy jamiyati bugungacha ko’blab muvaffaqiyatlarga qo’l qo’ydi. Turk Qizil Yarim oy jamiyati o’z faoliyatida faqatgina tabiiy ofatda jabrlangan va urush qurbonlariga ko’rsatgan yordami bilangina cheklanib qo’lmay tashkilot ayni vaqtda qo’nga muhtoj kasallarning ham dardiga darmon bo’lishga harakat qilib kelmoqda. Shuningdek aholining nochor qatlamiga, yakkayu-yolg’iz keksalar va ko’p bolali lekin kam ta’minlangan oilalarga, nogironlar ham da yordamga muhtoj barcha kishilarga ixtiyoriy yordam ko’rsatib kelgan Turk Qizil Yarim oy jamiyatini tashkil topishining 151-yilligida muborak bot etib, o’z faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qo’lamiz.



Aloqador xabarlar