O'zbekistondan xabarlar 28-qism

O`zbekiston Dohadagi afg'onlararo konferentsiya qarorlarini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to`g`risidagi qo`shma rezolyutsiyani qo`llab-quvvatlaydi.

1234089
O'zbekistondan xabarlar 28-qism

O`zbekiston Dohadagi afg'onlararo konferentsiya qarorlarini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to`g`risidagi qo`shma rezolyutsiyani qo`llab-quvvatlaydi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilindi.

Bayonotda aytilishicha, tomonlarning afg`onlararo keng qamrovli muzokaralar orqali barqaror tinchlikka erishishga sodiqligi Afg`oniston muammosini hal qilishning yagona to`g`ri yo`lidir.

"O`zbekiston doim tinchlik jarayoni mamlakatning barcha siyosiy kuchlari va etnik guruhlarini qamrab olishi kerak degan qat`iy fikrda bo`lgan. Bunda bosh rolni afg`onlarning o`zlari o`ynashi kerak.

Mamlakatda uzoq kutilgan tinchlikni o`rnatish bo`yicha siyosiy jarayon afg`onlarning o`zlari tomonidan hamda Afg`oniston xalqi rahbarligida amalga oshirilishi lozim", - deyiladi bayonotda.

Bayonotda bildirilishicha, shundan kelib chiqib O`zbekiston Afg`onistonda haqiqiy tinchlikka erishish bo`yicha sa`y-harakatlarni bundan keyin ham davom ettirishga tayyor.

Bundan oldin, O`zbekiston hukumati Kobul va “Tolibon” muzokaralari uchun muzokalar maydoni bo'lishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.

Markaziy Osiyodagi eng baland osmono'par binoni Turk kompaniyasi quradi.

O'zbekistonning poytaxti Toshkentda 215 metr balandlikdagi 50 qavatli osmono'par bino barpo etiladi.

Qurilish tugallangach, 215 metr balandlikdagi 50 qavatli bo'lishi kutilayotgan osmono'par bino O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida "O'zguvent" turk kompaniyasi tomonidan quriladi.

Turk kompaniyasi tomonidan quriladigan loyihaning taxminan 150 million dollar atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Qurilish tugallangach, u Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo'lib, Qozog'iston poytaxti Ostona shahri bo'ylab 201 metr balandlikdagi osmono'par binodan 4 metr baland bo’ladi.

Toshkent markazida tashkil etiladigan "Tashkent City" xalqaro biznes-markazida insho etiladigan mazkur loyihaning taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda O'zbekistonning "Murad Buildings" kompaniyasining sarmoyasi bilan Turkiyaning Özgüven kompaniyasi tomonidan quriladigan loyiha haqida ma'lumot berildi. Taqdimotda loyihaning tafsilotlarilarini va suratlarini namoyish etuvchi qisqa film ko'rsatildi.

Taqdimotda so'zga chiqqan "Murad Buildings" kompaniyasi raxbari Murad Nazarov, loyihalarni amalga oshirish uchun AQSh, Evropa va Osiyo mamlakatlarining 100 ga yaqin kompaniyalari vakillari bilan uchrashganligini aytar ekan, muzokaralar natijasida ushbu osmono'par bino qurilishi uchun Turkiyaning Ozguven kompaniyasini tanlaganliklarini ta’kidladi.

Nazarovning so'zlariga ko'ra, 1,5 gektar maydonda tashkil etiladigan loyihaning taxminiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.

O'zguven kompaniyasining asoschisi Ozgur Onur Ozguven ushbu loyihaning O'zbekistonning tarixi va arxitektura tarixi nuqtai nazaridan muhimligini aytar ekan, Buyuk Ipak yo'lining qalbida rivojlanib borayotgan O'zbekistonga hissa qo'shishdan juda mamnun ekanligini ta'kidladi.

Taqdimot marosimida Nazarov, jumladan shunday dedi:

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 7 iyul kuni "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat idoralari rahbari turli sohalardagi mintaqalararo aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Yevropa İttifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya Vitse-prezidenti Federika Mogerini o`z nutqida 17 iyun kuni tasdiqlangan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi yangi Strategiyasiga alohida urg`u berdi.

Vazir Abdulaziz Komilov yig`ilishdagi nutqida, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha yangi Strategiyasida ifodalangan maqsadlar va vazifalar Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017—2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasiga to`liq mos kelishini qayd etdi.

Vazir Komilov, Yevropa İttifoqining mintaqa mamlakatlari iqtisodini diversifikatsiyalash va raqobatbardosh qilishni qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanligiga yuqori baho berdi.

"O`zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha yangi strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Evropa Ittifoqi bilan samarali va konstruktiv hamkorlik qilishga qat`iy sodiq", - dedi Abdulaziz Komilov.

Abdulaziz Komilov mintaqaviy aloqalar mavzusiga to`xtalar ekan, davlat rahbari olib borayotgan tashqi siyosatning asosiy g`oyasi Markaziy Osiyoni umumiy barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyot hududiga aylantirish ekanligini ta`kidladi.

Komilov, Yevropa Ittifoqi bilan Afg`oniston bo`yicha samarali hamkorlikni, xususan savdo, infratuzilma, transport va kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirishni alohida qayd etdi.

Vazirlar uchrashuvi yakunlariga ko`ra Qo`shma kommyunike qabul qilindi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #Xabarlar , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar