Energiya kun tartibi-26

Quyosh kunimizda yagona tuganmas va barqaror energiya manbai hisoblanadi.

2154947
Energiya kun tartibi-26

 

2023 yilda butun dunyo bo'ylab ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 5,5 foizi quyosh energiyasi hisobiga ta'minlangan. Kunimizda quyosh energiyasidan foydalanish 23,2 foizga oshdi. Global elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi eng katta yillik o'sish quyosh energiyasi sifatida belgilandi. Quyosh energiyasiga investitsiyalar dunyoning barcha mamlakatlarida tobora  ortib bormoqda. Bundan tashqari, quyosh energiyasini o'rnatish va ishlatish oson va atrof-muhitni ifloslantirmaydi, bu esa uni shamol bilan birga yashil qayta tiklanadigan energiya manbaiga aylantiradi.

Xalqaro energetika agentligiga ko'ra, quyosh energetikasiga investitsiyalar 2030 yilgacha neft va tabiiy gazga kiritilgan investitsiyalardan oshib ketadi.

Turkiya 2053 yilgi nol emissiya maqsadlariga muvofiq qayta tiklanadigan energiyaga o'tishni ham tezlashtirdi. Turkiya geografik joylashuvi tufayli muhim quyosh energiyasi salohiyatiga ega. Energetika vazirligining "Quyosh energiyasi salohiyati atlasi"ga ko'ra, Turkiyaning o'rtacha yillik jami quyosh nurlanish muddati 2 ming 741 soat... O'rtacha yillik umumiy radiatsiya qiymati 1527,46 kWh/m2…

Turkiyaning quyosh energiyasi quvvati yaqin 10 yil ichida 500 foizga ortib, taxminan 53 gigavattga yetishi kutilmoqda. Shunday qilib, quyosh energiyasi elektr energiyasi ishlab chiqarishning eng muhim manbaiga aylanishi rejalashtirilgan. 

2000-2020 yillar oralig’ida Turkiyaning yillik elektr iste'moli 4,4 foizga oshdi. Bu 2035 yilgacha yiliga o'rtacha 3,5 foizga o'sib, 510,5 teravatt soatga yetishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, 2020 yilda 21,8 foizni tashkil etgan elektr energiyasining yakuniy energiya iste'molidagi ulushi 2035 yilda 24,9 foizga etadi.

Turkiyada 2020 yil oxirida 95,9 gigavatt bo'lgan o'rnatilgan elektr quvvati 2035 yilda 189,7 gigavattga ko'tarilishi va qayta tiklanadigan energiya manbalarining jami o'rnatilgan quvvatdagi ulushi 2020 yildagi 52 foizdan 64,7 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.

Ushbu davrga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan 96,9 gigavatt yangi elektr quvvatining 74,3 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalarini tashkil etadi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari orasida eng katta quvvat o'sishi quyosh energiyasida bo'lishi rejalashtirilgan. Turkiyaning 2020 yil oxirida 6,7 ​​gigavatt bo'lgan quyosh energiyasi o'rnatilgan quvvati 2035 yilda 52,9 gigavattga oshishi kutilmoqda. 

Bu o'sish, Turkiyaning 2022 yil oxirida 9,32 gigavatt bo'lgan quyosh energiyasi o'rnatilgan quvvatining 2035 yilga kelib taxminan 500 foizga oshishini anglatadi. Agar 2035 yilda quyosh energiyasida 52,9 gigavatt quvvatga erishilsa, quyosh energiyasi Turkiyaning jami elektr o'rnatilgan quvvatida eng yuqori ulushga ega manba bo'ladi. 

Biroq, bu maqsadda har kuni yangi qadamlar qo'yilmoqda. Ulardan biri joriy yilning may oyida Turkiya Oliy Millat Majlisida suzuvchi quyosh energiyasi elektr stansiyalarining ishga tushirilishi bilan bog‘liq qonunga o‘zgartirish kiritildi.

Sohil qonuni doirasida ichimlik suvi bilan ta'minlaydigan suv omborlari va botqoq yerlar va qirg'oqlar bundan mustasno, dengizlar, to'g'on ko'llar, sun'iy ko'llar va tabiiy ko'llar Energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalari hududlari deb e'lon qilingan. Shuningdek, tabiiy resurslardan keng foydalanish mumkin, qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilishi mumkin.

Turkiyaning suzuvchi quyosh energiyasi salohiyati taxminan 80 ming megavatt deb hisoblangan.

Suzuvchi quyosh elektr stansiyasi dala tipidagi quyosh elektr stantsiyalarini o'rnatishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni afzalliklarga aylantirib, foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi. Suzuvchi elektrostantsiyalarning pastki qismidagi suv bu qurilmalarni vaqti-vaqti bilan sovutishga yordam berishi panel samaradorligini oshiradi..

O'rnatish uchun tuproq yoki qattiq zamin talab qilmaydigan suzuvchi quyosh elektr stantsiyalarini joylashtirish uchun gidroelektrostantsiyalarning suv omborlari va ichimlik suvi, oqava suvlar to'planadigan sun'iy ko'llar yetarli.

Suzuvchi quyosh elektr stansiyalari suv havzalari joylashganligi sababli qishloq xoʻjaligi, sanoat yoki tijorat yerlarida qoʻllaniladigan quyosh elektr stansiyalari bilan raqobatlasha olmaydi. Yer va tomni talab qiladigan boshqa quyosh elektr stantsiyalari bilan taqqoslaganda, ular aholi punktlari yaqinida o'rnatilishi mumkin.

Yerga asoslangan panellar bilan taqqoslaganda, suzuvchi quyosh elektr stantsiyalari dinamik harakatni ta'minlaydi va soyaga tobe bo'lmasdan ishlashi mumkin. Suzuvchi quyosh elektr stansiyalarida chang va kir ushlab qolishning juda pastligi samaradorlikning pasayishini oldini oladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #quyosh energiyasi , #Turkiya

Aloqador xabarlar