O'zbekistondan xabarlar 46-qism

AQSh va O`zbekiston mudofaa masalalari bo`yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar o`tkazdi.

1086011
O'zbekistondan xabarlar 46-qism

AQSh va O`zbekiston mudofaa masalalari bo`yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar o`tkazdi.

O'tgan xaftada Toshkent shahrida O`zbekiston - Amerika Qo'shma Shtatlari mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi.

Bu haqda O'zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir O`zbekiston mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general -mayor Pavel Ergashev va Amerika Qo'shma Shtatlari mudofaa vazirining janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha yordamchisining o`rinbosari Kolin Jekson raisligida bo`lib o`tdi.

Maslaxatlashuvlarda Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy delegatsiyasi hamda O`zbekiston Mudofaa, Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O`zbekiston - Amerika Qo'shma Shtatlari tegishli idoralari o`rtasida imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashib, kelgusi rejalarni belgilab oldi. Uchrashuvda, O`zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining professional bilim va ko`nikmalarini oshirish yo`lida mamlakatlarimiz o`rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Maslahatlashuvlarda shuningdek,  Afg`onistondagi vaziyat, unda tinchlikni o`rnatish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mintaqada barqarorlikni saqlab qolish masalalari ham ko`rib chiqildi

O`zbekiston delegatsiyasi Afg`oniston bo`yicha anjumanda ishtirok etdi.

8 - noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili İsmatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Yevropa parlamentida bo`lib o`tgan "Afg`oniston uchun birgalikdagi qarashlar" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi.

Konferentsiya ishida Yevroparlament deputatlari, Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqi, Belgiya, boshqa xalqaro tashkilotlar huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalarning vakillari qatnashdi.

Forum qatnashchilari xavfsizlik, tinchlik va davlat qurilishi, Afg`onistonning rivojlanishiga xalqaro ko`mak, qayta tiklanish va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Yig'ilishda, Yevropa parlamenti deputati, Afg`oniston bilan aloqalar delegatsiyasi raisi Petras Aushtrevichyus kirish nutqi so`zladi.

O'zbekiston delegatsiyasi raxbari Ergashev o`z nutqida joriy yilning 26 - 27 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tgan yuqori darajali xalqaro konferentsiya yakunlariga hamda konsensus asosida qabul qilingan maxsus Deklaratsiyaga alohida urg`u berdi. O`zbekistonning Afg`oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni izchil mustahkamlayotgani, mazkur mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim bo`lgan qator infrastruktura loyihalarini faol amalga oshirayotgani ta`kidlab o`tildi.

İsmatulla Ergashev, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg`onistonda tinchlik jarayonini boshlashga hamda tinch Afg`oniston uchun kadrlar tayyorlashga ko`maklashish borasidagi tashabbuslariga alohida e`tibor qaratdi.

O'tgan xaftada O`zbekiston mudofaa vaziri general - mayor Abdusalom Azizov Amerika Qo'shma Shtatlari mudofaa vazirining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha yordamchisining o' rinbosari Kolin Jekson boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kolin Jeksonga Amerika Qo'shma Shtatlarining O`zbekistondagi muvaqqat ishlar bo`yicha vakili Alan Meltser ham hamrohlik qildi.

Uchrashuvda Afg`onistondagi vaziyatni o`nglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish bo`yicha fikrlar almashildi.

Azizov, Amerika Qo'shma Shtatlari O'zbekiston uchun ishonchli, uzoq yillar davomida sinalgan hamkor ekanligini ta'kidlar ekan, tomonlar o'rtasidagi do`stlik va o`zaro munosabatlar doimiy ravishda rivojlanayotganligiga urgu berdi.

Azizov, "Dunyodagi qudratli jangovar imkoniyatga ega mamlakat bilan mustahkam aloqa o`rnatish, shubhasiz, bizning armiyamiz jangovar shayligini oshirishga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi", dedi.

Amerika Qo'shma Shtatlari delegatsiyasi shuningdek O'zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida xam bo`lib, akademiya faoliyati bilan tanishdi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8 noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashdi.

Bu xaqada O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va siyosiy - diplomatik, savdo - iqtisodiy, investitsion, madaniy - gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek, "O`zbekiston - Yevropa Ittifoqi" shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda shuningdek ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Afg`onistondagi vaziyat muhokamasi chog`ida, Afg`onistonda tinch muloqotni boshlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va bu mamlakatdagi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari ta`kidlandi.

Shu kunning o`zida Berlin shahrida tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo`lib o`tdi.

         


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #AQSh , #Afg'oniston , #Aloqalar

Aloqador xabarlar