Umumbashariy nuqtai nazar 34-qism

Turkiya AQSh munosabatlarining taranglashishi va AQSh nima qilmoqchi?

1036004
Umumbashariy nuqtai nazar 34-qism

Anqara Yildirim Beyazit Universitetidan:

Kudret Bulbulnig mulohazalari.

 

AQSh qayerda?

So’ngi paytlar pastor Brunsonning terrorizmni dastaklash aybi bilan qo’lga olingandan keyin taranglashgan Turkiya-AQSh aloqalari ustida taxtalmoqdamiz. Bahslar asosan bu mavzularda davom etmoqda. Inqirozni, Turkiya-AQSh aloqalarining istiqboli jihatidan muhokama qilishning to’g’ri tomonlari bor. AQSh bilan inriqozning bu nuqtaga kelishi, Rossiyadan S-400 raketasi olish, AQShning Al-qudsni Isroilning poytaxti deb e’lon qilishiga Turkiya xalqaro ko’lamda norozichilik ko’satgan va shuningdek pastor Brunson hodisasidan keyin Turkiya masalani bu nuqtai nazardan ko’zdan kechirgandir. Turkiya, AQShning terror tashkiloti PKK/YPGni dastaklash, Turkiyaning 11- Sentyabr hujumi sifatida foda etgan 15-Iyul tashabbusidan mas’ul FETO rahbarining AQShda dabdabali uyda hayotini davom ettirishi, Turkiya taqdim etgan hujjatlarga qaramasdan bir chora ko’rilmaganiga norozichilik ko'rsatmoqda. AQShning uslubi Turkiya jamoatchiligida quyidagicha tushunilmoqda: Usame Bin Ladinning bir davlatda mehmon bo’lishi va u davlatning Al Qoida terror tashkiloti orqali AQShning Meksika chegarasida bir hudud vujudga keltirish g’ayrati qanday tushuniladigan bo’lsa, AQShing usubi Turkiyada ayni shunday tushunilmoqda.

Kelishmovsizliklarga qaramasdan taranglikni aloqalarga aks ettirish noto’g’ri bo’ladi. Chunki AQSh nafaqat Turkiya, Xitoy, Rossiya, YI asosan Germaniya bilan ham taranglik yashamoqda. Hattoki Meksika va Kanada  bilan ham tarangliklari mavjud. Shimoliy Koreya bilan Eron inqirozini aytishning ham hojati yo’q. Shuning uchun faqat AQSh Turkiya inqirozi emas. Qolaversa Trump boshqaruvi ustidan ham muhokama qilish xato bo’ladi. Albatta Trump boshqaruvi sabab bo’lganlar ham bor.  AQShning global ko’lamda inqirozga uchrashining asl sababi balki, ushbu davlatlar bilan global ko’lamda manfaatlari bo’lmagani uchun. Global raqobatda AQSh va firmalarining ortda qolishidir. Global raqobatdan eng ko’p manfaatdor bo’lgan AQSh va YI emas, Xitoy, Hindiston, Brazilya va Turkiya kabi davlatlardir. Bu jarayonda AQSh iqtisodiyoti bir necha marta inqirozga uchrar ekan, bu davlatlarning esa daromadi ortgan. Bu Amerikan hukumronligining nihoyasiga yaqlashganini kun tartibiga keltirmoqda. AQSh global raqobatdan, shaffoflikdan, erkin bozor iqtisodiyotidan qoniqatli qozonmas ekan, ayrim ziyolilarimiz va boshqaruvchilarimiz golbalizatsiya qoidalarini o’zgartirishga boshlagandir. Globalizyatsining boyni boyitgani, kambag’alni kambag’al qilganini ham o’ylab ko’rish kerak. Trump boshqaruvi, o’lkasi globallashmasdan istagani kabi qozonmagi uchun erkin bozor iqtisodiyotini, globalizatsiyani eski siyosatga ko’ra boshqarmoqda. Ko’tarilgan bojlar, ortgan soliqlar, o’lkadan chiqgan sarmoyani va firmalarni qayta chaqirish bu siyosatning natijasidir. Bu siyosat dunyo tijoratini toraytilar ekan, boshqa davlatlar bilan birga AQShga ham zarar beradigan vaziyatda. Ortgan bojlar va soliqlar iste’molchiga aks etmoqda.

Ikkinchi sababi, o’tgan dasturimizda aytganimiz kabi, AQSh boshqaruvida diniy guruhlar, jamoatlar, tariqotlarning ta’sirini ortgani kuzatilmoqda. Al-quds va pastor Brunson qarorlarida bo’lgani kabi AQSh boshqaruvi ayrim ratsional qarorlarning aqlisalim ifoda etish yo’lini topa olmadi. Prezident o’rinbosari Mike Pompeoning va oldingi Prezident Bushning Yevangelist bo’lganini qayta eslatish daror. Qator hodisalar Pentagon, Oq Uy va Amerikan Tashqi ishlar vazirligi farqli tushunib harakat qilmoqda. AQSh boshqaruvini mushkul ahvolda qoldirgan farqli koalitsiya harakatlari Oq Uyni ham mushkul holga solmoqda. Trump boshqaruvining xavotir etishining asosiy sababi, koalitsiyalar tilga olgan Trumpni vazifadan chetlash jarayoni bo’lgani bildirilmoqda. AQSh va Turkiya o'rtasida inqirozi bo’lsa nima qilish kerak bo’ladi?

Albatta bu masalaning Turkiya, AQSh va boshqa davlatlar bilan aloqali tomonlari ham mavjud. AQSh izlagan siyosatga nazar solganda eski iqtisodiyotga qaytish, bojxona devorlarini ko’tarish, erkin bozorni kichraytiradi. Bu torayish barcha davlatlarga salbiy aks etadi. Qolaversa, Jahon Savdo Tashkiloti, Dunyo Banki va bunga  o’xshash xalqaro tashkilotlar va erkin tijorat, aylanishni mudofaa etganlar bunga qarshi mushtarak uslub izlashi kerak. AQShning o’yinni qoidalariga ko’ra o’ynamasligi duyo davlatlariga zarar beradi.

II. jahon urushida, Natsizm va Fashizm kabi ideologik oqimlar va hozirgi kunda Yaqin sharqda radikal diniy oqimlarning o’lkalari va dunyoni qayerga surgani maydonda. Xuddi shunday AQSh boshqaruvining, Siyonist Xristinalik sifatida bilingan Yevangelizmning ta’sirida qolishi insonlikka yaxshilik keltirmaydi. Amerikalik erkinlikchi, ko’pchilikka ega va Liberal tomonlar bu tahlikani fahm etganlar. Bunlarning kurashi juda muhim.

Davlatlar ayrim paytlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, global inqirozga uchrashi mumkin. Mana shunday davrlarda o’lkalarni inriqozdan chiqaradigan kuchli rahbarlar bo’lishi kerak. Trump boshqaruvi bu mavzuda umidlantirmayapti. Bundan ham battari umidsizlikka chorlagan nafaqat Turmp boshqaruvi, Yevropa ittifoqi davlatlari ham shunga o’xshash rahbarlar tomonidan boshqarilmoqda. Umidimizni yo’qotmaylik, lekin dunyo, global siyosati bunga imkon bermayapti.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar