Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 23

Dasturimizning bugungi sonida Oʻsmon davlatining oxirgi davrlarida yetishib chiqqan, Oʻsmon davlati bilan turk xalqlarining mustaqil hayot kechirishi uchun kurashgan muhim harbiy arbob Anvar Posho haqida soʻz qilamiz.

2148404
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 23

Anvar Poshoning asl ismi Ismoil Anvar bo‘lgan. U bugungi Istanbul viloyatiga qarashli Fatih tumani hududida joylashgan, O‘smon davlati davrida esa protokol yo‘li sifatida foydalanilgan ko‘chadagi uyida tug‘ilgan. Monastirlik Surre Aminiy Ahmad Bey bilan Oysha Xonimning 5 farzandining eng kattasi bo‘lgan Anvar Posho, nemis tilida qalamga olgan avtobiografiyasida, 1882 – yilning 6 – dekbari kuni tavallud topgani haqida yozadi. Harbiy bilim yurtida o‘qib yurgan bir paytda Abdulhamid II hokimiyatiga (1876 - 1909) qarshi uyushtirilgan targ‘ibot ta’sirida qoladi. Shu tufayli talabalik yillarida bir marotaba Yulduz saroyiga olib borilib so‘roq qilinadi ammo sudlanmaydi. Ikkinchi mashrutiyatning (1908 - yil) e’lon qilinishi uchun olib borilgan kurashda Anvar Posho, har doim oldingi safda bo‘lib kelgan. Monastir atrofidagi toqqa chiqib, Abdulhamid II hokimiyatiga qarshi isyon bayrog‘ini ko‘targan eng katta ofitser ham Anvar Posho ekani tarix sahifalaridan ma’lum. Ushbu siyosiy va harbiy kurashlar tufayli mashrutiyat Istanbulda e’lon qilinganida «ozodlik qahramoni» degan nom bilan tanilgan Anvar Posho, xuddi shu kundan e’tiboran O‘smon davlatining Ittifoq va taraqqiyot qo‘mitasining harbiy qanodining yetakchi namoyondalaridan biriga aylanadi.

Anvar Bey 1909 - yilning 5 – marti kuni O‘smon davlatining Berlindagi harbiy attashesi etib tayinlandi va turli vaqt oralig‘ida ikki yildan ortiq shu lavozimda qoldi. Italiyaliklarning Tripoliga qarshi hujum uyushtirishi ortidan yurtga qaytib, 1911 - yilning 3 - sentabrida Salonikida o‘tkazilgan Ittifoq va taraqqiyot qo‘mitasining umumiy yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda,  italiyaliklarga qarshi partizan urushini olib borish g‘oyasini himoya qildi. Sulton va hukumat vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin Iskandariyaga borish uchun 1911 – yilning 10 – oktabri kuni Istanbuldan yo‘lga chiqqan Anvar Bey Misr, Bing‘ozi va Tobrukda arab yetakchilari bilan turli sohalarda muzokara o‘tkazadi. Ko‘p o‘tmay, boshqacha qilib aytganda xuddi shu yilning 1 - dekabrida Aynulmansurda harbiy qarorgoh qurdi. Tripolida italiyaliklarga qarshi olib borilgan kurashda muvaffaqiyatga erishdi. U yerda o‘tkazgan urush yillari mahalliy xalq orasida uning shuhrati va e’tirofini oshirdi.

Katta tanqidlarga qaramay ham jamoatchilikdagi yuksak obroʻsi ham Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi kuchi tufayli yosh paytida tez koʻtarilgan Anvar Posho, 1914 – yilning 3 – yanvarida brigada generali darajasiga koʻtariladi. Xuddi shu yili Ahmad Izzat Posho oʻrniga Harbiy vazir lavozimini egallaydi.  Armiyada qahramon sifatida tanilgan, endigina 33 yoshiga to‘lgan yosh iste’dodning Harbiy vazir bo‘lishi O‘smon davlatining najot topish yo‘lida davr ziyolilariga umid baxsh etdi. Uning Makedoniyadagi to‘dalarga, Tripolidagi italiyaliklarga qarshi kurashda hamda 1908 - yildagi mashrutiyat uchun tashlagan jasur harakatlari yosh ofitserlarni hayratga soldi. Roppa – rosa 280 nafar O‘smon davlati ofitserini nafaqaga chiqarib armiya a’zolarini yoshlardan tashkil etishi, Anvar Poshoning jasorati va tashkilotchilik qobiliyatining yangi namunalari edi. Darvoqe, nafaqaga chiqarilgan oliy martabali ofitserlar orasida Shukru Posho kabi taniqli posholar ham bor edi. Vaqt o‘tishi bilan atrofidagilar uni «vatanni qutqarish» uchun yaratilgan askar sifatida ko‘ra boshlaydilar. Anvar Poshoning bu tartibi ma’lum ma’noda, Turkiya Respublikasi asoschilaridan Mustafa Kemal, Kazim Karabekir, Fevzi Chakmak, Ismet Ino‘nu kabi yosh ofitserlarning yo‘lini ochdi va ularning yuksalishiga imkon berdi.

Anvar Posho Rossiyadagi bolsheviklar inqilobidan keyin Kavkaz tuprog‘ida O‘smon davlati bilan Germaniya o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvda mag‘lub bo‘lishni hech istamadi. Chunki Kavkaz tuprog‘i Turonga yetaklovchi yo‘l ustida joylashgani va ichida turklar yashagani bois uning missiyasida alohida o‘ringa ega edi. Birinchi Jahon urushi tugashi yaqinlashar ekan, to‘g‘rirog‘i 1918 - yilning mart - aprel oylarida O‘smon davlatining ittifoqchilari bilan birga uzoq davom etgan urushda mag‘lub bo‘lganini anglagan Anvar Posho, harbiy choralar ko‘rishga kirishadi. Shu doirada Kavkaz tuprog‘idagi O‘smon davlatining uchunchi armiyasini takror tashkil etish va mustahkamlash, shuningdek, oʻzi ishongan ukasi Nuri Posho qoʻmondonligida Kavkaz Islom Armiyasini tashkil etish u ko‘rgan buyuk chora – tadbirlardan biri edi. Anvar Posho urushda mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lsalar unda dushman tomonidan Ando‘lu doxil butun vatanning bosib olinishini oldindan tahmin qila olgan edi. Shuning uchun ham Janubiy Kafkazda, 1918 – yil boshlaridan e’tiboran to‘plagan harbiy kuchdan foydalangan holda, urushning ikkinchi bosqichini boshlatish va bu harbiy qismlar bilan milliy kurashni muvaffaqiyatli tamomlashni ko‘zladi.

Anvar Posho va uning ittifoqchi doʻstlari 1918 - yilning 1 - noyabridan 2 - noyabriga oʻtar kechasi nemis torpedosi bilan mamlakatni tark etganlarida, hammasining maqsadi tezroq sevimli vatanlariga takror qaytish edi. Yurtni tark etishdan maqsad esa, adolatsiz sudlarda javobga tortilib, jazo olmaslik edi. Aslini olganda, ular xorijda yurgan chogʻlaridayoq Istanbulda sirtdan sudlanib, o‘limga hukm qilingan edilar. Ittifoqchilar shu bois o‘z vatanlarini vaqtinchalik tark etganlar. Shunga qaramay xorijda yashagan paytlarida Anado‘luda boshlangan ozodlik kurashining har bir bosqichini yaqindan kuzatib bordilar. Hatto, ushbu kurashga o‘z hissalarini qo‘shishni ham xohladilar. Buni ham Anvar Posho ham da boshqa ittifoqchilarning Mustafa Kemal Poshoga yozgan maktublaridan anglashimiz mumkin.

Anvar Posho va uning boshqa ittifoqchi do‘stlari 1918 - yilning 3 - noyabrida Sevastopolga yetib boradilar. U yerdagi nemis harbiy amaldorlari ularni Berlinga jo‘natmoqchi bo‘ladilar. Biroq Anvar Posho Transkavkazdagi islom armiyasi amaliyotlarini davom ettirgan amakisi Halil Posho va ukasi Nuri Beyning yoniga borishni istaydi. Anvar Poshoning Sevastopoldan Kavkazga o‘tish uchun tashlagan birinchi qadami muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ayni paytda ittifoqchi davlatlarning Transkavkazdagi Oʻsmon qoʻshinlarini ta’sirsiz holga keltirib, qoʻmondonlik hay’atini ham tarqatib yuborganidan xabar topgan Anvar Posho, Kavkaz tuprogʻi oʻrniga Berlinga, Istanbuldan birgalikda yoʻlga chiqqan doʻstlari yoniga borishga qaror qiladi. 1919 - yilning aprel oyida Berlinga borib, Babelsberg shahriga joylashadi va Germaniyada qayta tashkil topishga urinayotgan Ittifoq va taraqqiyot qo‘mitasining faoliyatida ishtirok etadi.

Bolsheviklar Kavkaz tuprog‘ida kuch qozona boshlashi bilan birga Anvar Posho avvalom bor Moskva, keyin esa Bolsheviklar bilan kelishib olib, Janubiy Kavkazga borishni xohlaydi. Anvar Posho Berlindan Moskvaga bora olish uchun 1919 – yilning aprel oyidan 1920 – yilning avgust oyiga qadar toʻrt marta yoʻlga chiqishiga qaramay har safarida moneliklarga duch keldi va toʻrtinchi urinishidagina Moskvaga yetib boradi. Moskva orqali bolshevik inqilobchilaridan Radek va Zinovyev bilan birga Bokuga borgan Anvar Posho, u yerda tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan sharq xalqlarining birinchi turkologiya qurultoyida ishtrok etadi. Bu davrda Oʻrta Osiyo turklari mustaqilligini bolsheviklar yordamida qoʻlga kiritishiga ishongan Anvar Posho, bolsheviklardan kutganini topa olmaydi va hafsalasi pir boʻladi.

Shu bois Tashkilot – i mahsusaning sobiq rahbarlaridan Kushchiboshi Xoji Sami va bir qancha sobiq ittifoqchilar bilan birgalikda Bokudan Buxoroga yoʻl oladi. Uning maqsadi Turkistondagi milliy – ozodlik harakatini amalga oshirgan bosmachilarga yordam berish edi. Xuddi shu maqsadiga erishish uchun rus bolsheviklariga qarshi kurasha boshladi ammo 1922 - yilning 4 -  avgusti kuni Baljuvon kentining Abidaryo qishlog‘i yaqinidagi Chegan tepasida bolshevik ruslarga qarshi olib borgan kurashda halok bo‘ldi.

Anvar Poshoning hayoti davomida siyosiy va harbiy faoliyati jihatidan eng asosiy ikkita maqsadni ko‘zlaganini aytish mumkin. Ulardan biri O‘smon davlatini parchalanishdan qutqarish bo‘lsa ikkinchisi, mustamlakachilik ostidagi turklarning mustaqillikka erishishiga yordam berishdir. Anvar Posho shu maqsadlari uchun umrini behuda sarflamaganiga e’tibor qaratar elanmiz, ongimizda va qalbimizda kelajak avlodga ibratli shaxs sifatida chuqur o‘rin olgan desak mubolaga‘a bo‘lmaydi.



Aloqador xabarlar