Kun tahlili 33-qism

Amerika Qo'shma Shtatlari endilikda Eronni nishonga olgan vaziyatda.

1034954
Kun tahlili 33-qism

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Eronning yadroviy dasturi tufayli Ahmadinajod davrida joriy etilgan embargo Eron iqtisodiyotiga katta ziyon yetkazgan edi. Bundan 5 yil muqaddam 2013-yili Prezident etib saylangan va o’rtamiyona reformist sifatida tanilgan Hasan Ruhoniy bu borada Eron xalqi uchun katta umid baxsh etayotgan edi. Ruhoniy davrida P5+1 davrida (AQSh, Angliya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya) bilan bo’lib o’tgan muzokaralar natijasida Eronning yadroviy faoliyatini cheklashi va uni nazorat qilish faoliyatlariga ochishi oldida Eronga qarshi joriy etilgan embargolarning yengillashtirilishi haqida qaror qabul qilingan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti nazoratida qo’l qo’yilgan shartnoma Eron xalqi va Eron iqtisodiyoti uchun katta umid manbaasi edi. Bu vaziyat Eron iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qildi lekin ko’p o’tmay Donald Trumpning AQSh Prezidenti etib saylanishi ortidan Eron bilan takror qattiq bahs-munozaralar boshladi. Shu doirada Amerika Qo’shma Shtatlari 2018-yilning 8-mayi kuni bir tomonli olaroq mazkur shartnomadan bosh tortganligini ma’lum qildi. 

Amerika Qo’shma Shtatlarining Eron bilan tuzgan shartnomasidan bosh tortganligini e’lon qilishi Eron iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Eron mamlakatda yagona ayirboshlash kursi (1 dollarga 42 ming rial) kiritilishini e’lon qilishiga qaramay, milliy valyuta erkin bozorda o’z qiymatini yo’qotdi. Eron riyali shu yilning yanvar oyidan e’tiboran qadrsizlasha boshlar ekan bugungi kunda u erkin bozorda o’z qiymatini qariyb 150 foiz yo’qotdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunga ko’ra 2018-yilning yanvar oyida 1 dollar 44 ming rialga teng kelar ekan endilikda 1 dollar 110 ming riyalga teng.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Eronga nisbatan joriy etmoqchi bo’lgan sanksiyalari hali kuchga kirmay turib Eron iqtisodiyotining bu darajada yomonlashib ketishi, Eronning embargolarning joriy etilishidan keyingi vaziyatdan xabar bermoqda. Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning Eronga nisbatan sanksiya joriy etishining sababi Erondagi rejimni o’zgartirishga qaraganda ko’proq Eronning Yaqin Sharqdagi yoyilish siyosatini to’xtatish, mintaqada Eronni cheklash ekanligini aytish mumkin. Chunki Ko’rfaz mamlakatlari va Isroil Eronning mintaqadagi yoyilish siyosaitdan bezovta ekanliklarini va Amerika Qo’shma Shtatlari bilan birgalikda Eron imkonlarini cheklashni xohlaganliklarini yashirmayapdi. Eron imkonlarini embargolar ustidan yo’q qilib, mintaqadagi vakil unsurlarga yetkazgan manbaalarning cheklanishi va bu orqali Eron imkonining cheklanishi maqsad qilingan.   

Amerika Qo’shma Shtatlari Eronga nisbatan kiritgan sanksiyalar orqali Eronning AQSh dollari, oltin va boshqa qimmatbaho metallar orqali savdo qila olish imkoniga monelik qilishni rejalashtirmoqdadir. Undan tashqari embargolar doirasida Eronga uchoq va uchoq bo’lakchalari ham topshirilmaydi. Joriy etilgan sanksiyalar Erondagi avtomobil tarmog’ini ham nishonga olmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlarining sanksiya kiritsh haqidagi tahdidlari yuzasidan Erondagi investitsiyalarini to’xtatgan firmalar orasida Germaniyaning “Daimler” kompaniyasi ham mavjud. Mazkur firma Erondagi investitsiyalarini rivojlantirish va Eronda yuk tashuvchi mashina ishlab chiqarishni rejalashtirar ekan AQSh Prezidenti Donald Trumpning Eronga nisbatan sanksiya kiritsh haqidagi rejalari, firmaning Eron rejalarini yangilashiga yo’l ochdi. AQSh Prezidenti Donald Trump Twitter orqali bergan bayonotida, embargolarga qaramay Eron bilan savdo tarmog’ida faoliyat olib borgan firmalarning Amerika Qo’shma Shtatlarida faoliyat olib borishiga yo’l qo’ymasligini ifoda etgan edi.  

Lekin Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning bu bayonotlariga qaramay Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar embargolarga qarshi chiqmoqda. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Heiko Maasning Eronda faoliyat olib borgan yevropalik firmalarni qo’llab-quvvatlash haqidagi bayonotlarini bunga o’rnak sifatida aytishimiz mumkin. Shuningdek Germaniya Tashqi ishlar vaziri Eron bilan savdo-sotiqda pul o’tkazish imkoniyatining saqlab qolinishi uchun birgalikda faoliyat olib borayotganliklarini ta'kidlagan edi. Ustiga-ustak AQShning Eronga nisbatan kiritgan sanktsiyalari haqidagi xabarni chuqur qayg’u bilan eshitganliklarini qayd etgan.

Heiko Maas shuningdek Eron bilan bo’lgan savdo hamkorligidan daromad ko’zda tutilmaganligini va Eron xalqini o’ylaganliklariga e’tibor qaratishiga qaramay Yevropa ittifoqining Eron bilan bo’lgan savdo sotig’idan katta daromad qo’lga kiritishni rejalashtirganligini va Erondan neft va tabiiy gaz import qilish orqali Rossiyaga bo’lgan qaramlilikni kamaytirish niyatida ekanligi yaqqol ko’rinib turipdi. Amerika Qo’shma Shtatlarining boshqa Yevropa davlatlarini hatlab o’tish orqali Eron bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi, Yevropa ittifoqi va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida katta muammo yaratishi mumkin.

Amerika Qo’shma Shtatlarining oxirgi vaqtlarda sanksiya va embargo haqidagi qarorlarini orttirishi aslida Amerikaning tashqi siyosatidagi o’zgarishni ko’rsatmoqdadir. Turkiyani Brunsonning Sud jarayoni ustidan sanksiya bilan tahdid qilgan Amerika Qo’shma Shtatlari ayni vaqtda Rossiyaga qarshi ham sanksiya kiritmoqda. Shuningdek Xitoyga qarshi jazo choralari joriy eta boshlashini ham huddi mana shu kategoriyada qo’lga olish lozim. Falastin masalasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan butun dunyoni tahdid qilgan Amerika Qo’shma Shtatlarining sanksiya va embargo siyosati qisqa vaqt ichida Amerika Qo’shma Shtatlari uchun ijobiy natijalar berishiga qaramay uzoq muddatga Amerika Qo’shma Shtatlarini yakkalab qo’yadi degan fikrdamiz.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #AQSh , #Eron riali

Aloqador xabarlar