Umumbashariy nuqtai nazar 29-qism

Yer yuzini istilo etgan FETO harakati...

1014529
Umumbashariy nuqtai nazar 29-qism

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakulteti dekani Prof dok. Kudret bulning mulohazalari...

        O’tgan dasturimizda, 15- Iyul kuni sodir etiganlariga, FETOning nima bo’lganiga doir, tashkilot a’zolarining oilalaridan, jamiyatdan va umuman qabul qilingan islomiy qadriyatlardan uzoqlashib qanday yetishtirilganiga to’xtlaib o’tgan edik. Mashshaqatli va uzoq muddatli bir ta’lim jarayonidan keyin tashkilot a’zolarining maqsadiga erishish uchun hamma narsani qiladigan ahvolga kelganiga to’xtalib o’tgan edik.

 

FETOning tashkilotlanish uslubi

 

Maxfiy va “tabarruk” ishonchlariga ko’ra qayta tuzilgandan keyin, FETO, a’zolarining tarqalishi uchun boshqa davlatlarga yuboradi. Bu o’lkalardagi tuzilishi Turkiyadagi ilk tuzilishiga o’xshaydi. Daslab maktablar ochib, nodavlat tashkilotlar tuzib bunlarning noharbiy va ko’ngilli tashkilotlar kabi ko’rinib tarqalishga boshlagan. Buning ikki maqsadi bor. Unlar bo’lgan davlatlarda o’zlariga yangi tashkilot a’zolarini tayyorlash, bu insonlarning u yerlarda strategik davlat organlariga joylashtirishdir. Shunday qilib bu davlatlarning boshqaruvlarini maxfiy ravishda qo’lga oladi. E’tibor berganlar, FETO maktablari bitiruvchilarini barcha davlatlarda razvetka xizmatlari, harbiy va xavfsizlik organlari, Bosh vazirlik, Prezidentlik, Markaz Bank kabi strategik organlariga asta sekin sizib kirganlarini ko’radilar. FETOning uslubini bilmagan, a’zolarining bu tashkilotlarda liberal, sotsial, xristian, dunyoviy kabi turli (u davlatda, u tashkilotda ta’luqli siyosi yideologiya nima bo’ishidan qat’iy nazar) qiyofalarda sizib kirgani uchun anglab bo’lmaydi. Buni anglaganda esa endi vaqt o’tgan bo’ladi.

 

FETO faqat Turkiya uchun bir tahdirmi?

Rahbarlarini “koinot imomi” deb aytgan va duyoning har tomonida tashkilotlanish g’ayrati ko’rsatgan FETOning faqat Turkiyani nishonga olmagani oshikor. Tashkilotning 170 dan ziyod davlatda faol bo’lgani bildirilmoqda. Nechta davlatda tashkilotli ishlaganini aytib bo’lmaydi. Bu davlatlarning aksariyati musulmon davlatlar emas. Turkiya, bunlarning haqiqiy yuzini bilgani va unga ko’ra tadbir olgani uchun, tashkilot boshqa davlatlar uchun katta tahdit tashkil etmoqda. Ayrim davlatlarda, qalbaki yo’llar orqali, noharbiy va ko’ngilli ravishda  tashkilotlanishga, buziq e’tiqodiga yangilarini qo’shib maktablar ochishga davom etmoqda. Og’ir badallar to’lagan Turkiyadan, yana og’ir natijalari bo’lmasligi uchun hammaning bundan dars olishi kerak.

 

FETO xavfi bartaraf etilganmi?

Bir necha yil avval bu kunlar hech kimning xaloyidan ham o’tmagan edi. FETOning qo’rqinchligini insonlarga tushuntirish, FETOning to’hmatlarni maydonga chiqarish iloji yo’q. Avvalambor bu kunlarga shukr qilish kerak.

FETO insonlarning yaxshi niyatli bo’lishidan katta kuch olmoqda. Insonlar unlarning ko’ringan yuziga aldanib tashkilotni qo’llab-quvvatlamoqda. Tashkilotning endi o’zini yashirish, o’zgacha ko’rinish taktikasi, maxfiy rejalari, o’limni, o’ldirishni va har turli to’hmatdan tortinmagan buziq e'diqodi bilinmoqda. Turkiya va dunyo uchun eng katta saboq og’ir natijasi bo’lgan bir tajribadir. Turkiya va Turk xalqining favqulodda say-harakati tufayli insonlarning ongining ochilishi bilan ko’p davlatda tashkilotning organlari bartaraf etildi. Ijtimoi jihatdan ongli ravishda tashkilotning toru-mor etilgani bois to’ntaruv sodir etish qurbi qolmagan. Bu bilan bir qatorda, Pensilvaniyadan boshqarilgan robotlarining har biri jonli bomba sifatida FETO faoliyat olib borgan dunyoning har tomonida aylanib yurmoqda. Turkiya bilan Rossiyani bir biriga qarama qarshi qilish uchun, bir FETO terroristining Rus favqulodda elchisi Karlovni o’ldirgani kabi, hanuz terror jinoyati sodir etish kuchi bor. Ko’p davlatda, siyosiy tizimlarning eng muhim markazlarida buyur kutib turgan vaziyatda. Inson qiyofasida, qotil robot va programmistlar belgilangandir. Biroq faoliyatlarini yashirinch surdurgani va kimlilarini yashirgani uchun oramizda aylanib yurgan robotlarni belgilash qiyin. Qolaversa bundan ta’sirlangan yuzminglab inson mavjud. Irodasini AQShdagi terrorist boshiga topshirgan bu inson qiyofasidagi robotlarni qayta erkin, mustaqil, fikr egasi insonlar bo’lishi uchun dunyodagi ruh bilimshunoslar, sotsiologlar, tib mutaxassislari, diniy  rahbarlarning yordami kerak. Bu qotil robotlarni qayta insonga aylantiradigan bir yechim topilmaguncha hech qaysi bir insonning, davlatning, jamiyatning istiqboli xavfsiz emas. Boshqa tomonda, bu robotlar o’zlarini qayta yangilash qobuliyatiga egalar. Mahalliy, milliy, global kuchlar bilan munosib faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda ayrim global aktyorlar va razvetka tashkilotlari bilan kelishgan holda ishlamoqda. Shuning uchun bu kuchlar qotil robotlarning davomli o’zlariga bo’y sindirishini tushunmoqda. Bu tashkilotning o’tmishiga nazar soladigan bo’lsak, hech qaysi bir davlat bilan davomli munosabati bo’lmagan, faqat o’z dasturlariga ko’ra harakat qilgani ko’rinadi. Shuning uchun, faqat unlardan foydalanishni istagan bo’lganlar ham, FETO o’zidan foydlanaganini o’ylagan global kuchlar va razvetka tashkilotlari uchun ham bir  tahdit tashkil etmoqda. Unlar oilalari, jamiyat, o’z davlatlariga sadoqati bo’lmagan robotlarning global razvetka tashkilotlariga yohud qaysi davlatda bo’lsa u yerga vafo qilishini o’ylaganlarning ko’zi ko’r bo’lgandir. Boshqa narsa qilmasa ham, Turkiya va dunyoni kutgan bu istiloning oldini olish, o’zi va oilasining hayotini xavfga solib dunyoni uyg’otgani uchun Turkiya va Dunyo, Prezident Rejeb Tayyib Erdo’g’anga minatdor bo’lishi kerak.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar