Umumbashariy nuqtai nazar 15-qism

Suriya uchun qanday bir konstitusiya bo'lishi kerak?

949037
Umumbashariy nuqtai nazar 15-qism

 

                 Dunyoda janglarning uzluksiz davom etishimning sababi bu mavzuda bir kelishuv bo’lmagani uchundir. Urush mavzusiga to’xtalib unga ko’ra tadbir olish urushni oldini oladigan yagona yo’ldir. Hozirgi kunda media Rossiyaning Suriya uchun bir konstitutsiya eskizi tayyorlaganini, bu eskiz mavzusida Amerika bilan maslahatlashgani haqida xabarlar tarqatgan. Suriyaning kelajagini, bir biriga zid ko’ringan bu ikki davlatning chizishi mintaqa xalqi va manfaatlariga xizmat qilmaydi. Global kuchlarning manfaatlariga ko’ra, o’zining aralashuvi uchun yana keng haqlar tanigan bir konstitutsiya bilan hududimizga tinchlik o’rnatish iloji bormikan? Shuning uchun qo’shnu davlatlar, fikr tashkilotlari va ziyolilarning jangdan keyingi jarayonni ham kun tartibiga keltirib muhokama qilishi kerak.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

U yerda yashagan jamiyatlarning tarixi, madaniyati, diniy e’tiqodi, qadriyatlari va hayot uslubidan mustaqil tayyorlangan bir konstitutsiya u jamiyatga farovonlik keltirmaydi. Bu nuqtai nazardan quyida Suriya uchun ilgari surilgan konstitutsiya tamoyillari, bunga o’xshash jamiyatlar uchun ham ta’luqli qoidalardir.

 

Boshqaruvchan bir davlatning qonun loyihasi yohud ko’pchilik hukumronlik qilgan bir konstitutsiya:

Yaqin shaqrdagi boshqaruv uslubiga narar solganda bunlarning millatga tayanib millatning dastagini olmagani kuzatilmoqda. O’z millatiga tayanmagan va undan kuch olmagan rejimlar o’z borligini davom ettirish uchun, o'lka bo'ylab o’z xalqiga qarshi harbiy va xavfsizlik unsurlariga, tashqarida esa yana ko’p global kuchlarga muhtoj bo’lmoqda. Shuning uchun bir konstitutsiya millatga tayangan va bu doirada ko’pchilik hukumronlik qilgan bir konstitutsiya bo’lishi kerak. Bir jamiyat, ko’pchilik hukumronligidagi davlati va millatini himoya qiladi. Bir davlat shunday qilib oyoqda tura oladi.

 

Almashuv uchun  iqtisodiy jarayon bilan cheklangan konstitutsiya:

Yaqin sharqdagi rejimlarni va o’lkalarini kuchsizlashtirgan unsurlardan biri hukumatlarning qonuniy ravishda almashmaganidir. Bu masala bunga o’xshash davlatlarning muammosiga aylangan. Rejimlar o’z jamiyatidan dastak ko’rmagani uchun tashqaridan olgan yordamlar bilan oyoqda turmoqda. Har o’lkadagi hukumatlarni almashtirishni istgan muxoliflar ham, bunlar qonuniy bo’lmagani uchun tashqaridan yordam olmoqda. Bunga o’xshash hodisalarning ro’y bermasligi, hukumat va muxolifatning faqat o’z xalqiga javob berishi, unlardan kuch olishi uchun hukumronlik muddatining cheklanishi zarur. Ikki davr vazifa olib borish sharti, eng ko’p 10 yillik vazifada bo’lish Yaqin sharqdagi qonuniylik, ijtimoiy tinchlik, tashqaridan emas o’z xalqidan kuch olishi qator muammolargani hal etadi.

 

O’zgachaliklar muhofaza etilgan, ko’pchilikni nazarda tutgan bir konstitutsiya:

Konstitutsiya bir davlatda ko’pchilikning hukumronligini ta’minlar ekan, diniy ishonch va fikrlarni muhofaza etgan bir konstitutsiya bo’lishi kerak. Asosiy haq va erkinliklar uchun ozchilik va ko’pchilik masalasi bo’lmaydi.

 

Univtar davlatga tayangan bir konstitutsiya:

Suriyada muxtor bir hudud vujudga keltirish barqarorlik o’rnatmaydi. Iroq va Ispaniyada bo’lgani kabi. Muxtor hududlarga ajralgan bir Suriyada, bir tomonda bu hududlarda muxtoriyat uchun g’ayratlar ortadi, boshqa tomonda tashqi kuchlar bu tufayli o’lka masalalariga davomli aralashadi. Muxtoriyat, o’lka bo’ylab farqli guruhlar o’rtasida xavfsizlik qayg’usi uyg’otani uchun tinchlik va barqarorlikka hissa qo’shmaydi. Lekin davomli tinchlik o’rnatish, o’zgachaliklarni muhofaza etish, asosiy haq va erkinliklar kafolat ostiga olingan, mahalliy boshqaruvlar kuchlangan bir unitar tuzilish bilan imkoni bo’ladi.

 

Adolatli vakillik, muvozanatli boshqaruv, qonunchilik va ijro etishda hamkorlik bo’lgan bir konstitutsiya:

Konstitutsiya, farqli nazariyalarni parlamentga aks ettirar ekan, ayni paytda boshqariladigan bir davlat uchun, kuchli bir hukumat bo’lishi kerak. Suriyada Prezidentlik yohud parlamentar sistema bo’lishi mumkin. Parlamentar sistema bo’lsa, Davlat rahbarining salohiyati ramziy va tamsiliy bo’ladi. Bosh vazir va Davlat rahbarining ikkisi ham kuchli bo’lgan sistemada, o’lka boshqarilmaydigan holatga keladi. Bu vaziyatda, tashqi kuchlar, tomonlarni bir biriga qarshi gij gijlab o’lka boshqaruviga aralashishga davom etadi.

 

Ijtimoiy qadriyatlarni inobatga olgan bir konstitutsiya:

Yaqin sharqdagi eng muhim ijtimoiy qadriyat din mavzusidir. Din- va Davlat aloqalarini belgilashda, tatbiq etishdan mustaqil o’z boshida birga bir yechim keltirmasligi mumkin. Dunyoviy g’arb davlatlari birinchi va ikkinchi jahon urushidan keyingi insoniy inqiroz, dunyoviy ko’ringan Saddam va Qaddofi boshqaruvlari va Shariat bilan boshqarilganini ilgari surgan ayrim Arab davlatlaridagi diktatorlar maydonda. Bu mavzuda, har bir davlatning din va davlat aloqalarini o’z tarixiy tajribasiga ko’ra qaror berishi to’g’ri bo’ladi. Yaqin sharq davlatlari jihatidan Islom tarixi va Usmoniy sistemasi erkin va unitar bir davlat uchun yaxshi tajriba namunasidir. Suriya jihatidan no’g’ri bo’lgan, qanday ta'rif etilsa etilsin, diniy qadriyatlarga ko’z yumgan, hattoki dinga qarshi bir konstitutsiyadir. Bunday bir konstitutsiya bilan davlat qonuniyligi va e’tiborini boy beradi. Bu o’z xalqidan kuch olmagan vaziyatni yaratadi va Yaqin sharq rejimlarini qayta eski ahvolga olib keladi. Konstitutsiyada diniy jihat ham nazarga olinishi kerak. Eron va Saudiya Arabistonda bo’lgani kabi faqat bir dinga tayanmasligi kerak.

 

Kolektif kimlik emas, fardga asoslangan bir konstitutsiya:

Yaqin sharq, farqli din, irq, mazhab, ideologiya, qabilalar gavjum yashagan bir geografiyadir. Bunday bir geografiyada konstitutsiyaning kolektif kimliklarga tayanib chiqarilishi, Bosniya va Gersegovinada bo’lgani kabi, siyosiy sistemani yaroqsiz holga keltiradi. Konstitutsiyani maromli kolektif kimlarga ko’ra chiqarish hayotga salbiy aks etadi. Shuning uchun konstitutsiya fardga asoslangan bo’lishi kerak. Fardlar albataki kolektif kimliklariga ko’ra har turli tashkilotlanish va faoliyati olib borishi mumkin. Hech qaysi bir jang abadiy emas. Jangda qanchalik kuchli bo’lishingizdan qat’iy nazar, Urushdan keyingi jarayonga tayyorlanmagan aktyorlar keyin boy berishga mahkum bo’ladi. Urush davrida vujudga keltiriladigan noto’g’ri bir Suriya, mintaqada barqarorsizlikni davomli holga keltiradi. Shuning uchun urushdan keyin tinchlik, huzur, barqarorlik o’rnatilgan bir Suriya va hudud uchun konstitutsiya ham bo’lib, ko’p tomonli faoliyat olib borish kerak. Bo’lmasa urushdan keyin yana global kuchlar zafar qozongan bo’ladi.

 

 Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdim ettik.


Tanlangan kalimalar: #umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar