Jahon iqtisodiyoti 17-qism

Turkiyada referendumdan keyin hukumat sistemasiga o'zgarish kiritish jarayoni boshlatilgandir.

720675
Jahon iqtisodiyoti 17-qism

Hukumat sistemasiga o’zgarish kiritishni nazarga tutib konstitutsiyaga o’zgarish kiritish uchun o’tkazilgan referendum, Milliy iroda istagani kabi natijalanib Turkiya tarixida yangi bir burilish davrini boshlatgandir.

          Hozirgi kungacha Turkiyada ko’p referendum o’tkazildi, lekin 16 Aprel referendumi hammasidan farqli. Bu qaror bilan o’lkada boshqaruv tuzumini almashtirish va hozirgi kungacha sus ilgarlagan ishlarni tezlashtirib Parlamentar sistemaga o’tishni Turkiya uchun yengillashtirdi.

Turkiyaning yangi davrda, bilingandan umuman farqli bir davrga o’tishining boshlanishidir. Boshlang’ich bo’lishning sababi konstitutsiyada kiritiladigan o’zgarishlar bilan ham qonun qo’yish, ham mavjud tashkilotlar va ularning ishlashini jadallashtirish va qayta tiklashning oldi ochilgandir. Eng muhimi o’lkada referendum natijasida qabul qilingan va tahminlar bilan boshqarilgan siyosiy sistema almashadi.

         Referendumning narijalarining o’lka iqtisodiyotiga bo’lgan ta’siri esa, iqtisodiyot oldida turgan to’siqlarni bartaraf qiladigan sistema tuzish imkoniyati yartishidir. Mana shuning uchun, referendum natijasi, rivojlanish va taraqiyotning oldini ochgan. Tezkor rivojlanish, ya'ni Turkiyaning rivojlangan davlatlar safiga o’tishi uchun yangi bir tuzum kerak.

         Turkiyaning so’ngi 15 yil ichida amalga oshirgan iqtsodiy muvaffaqiyati, boy davlatlar safiga o’tish, hududda boshqa o’lkalarga namuna bo’lishi va golobal sistemada o’z joyini olishi uchun chuqur o’zgarishlar kiritish bilan davom etadi. Kiritiladigan o’zgarishlar Turkiya iqtisodiyotini, xalqaro moliya tashkilotlari va kredit darajalantiruv tashkilotlari davomli gij-gijlagan iqtisodiyot bo’lishdan chiqib, kelajak qayg’usidan ham yiroqlashib sarmoya kiritiladigan davlatga aylantiradi.

        O’lkada boshqaruv sistemasidagi ko’p boshlilik, yillar bo’ylab iqtisodiy tashkilotlar orasida ham kelishmovsizlikka sabab bo’lgan va bu  kelishmovsizlik mushtarak siyosat izlash yo’lini yopgan. Mana buning natijasida Turk iqtisodiyoti ko’p marta taranglikka uchragan va IMF bilan kelishuv tuzish majburiyatida qolgan bo’lib, olingan qarzlarni to’la olmay 15 marta kelishuvni yangilagan. Qayta bu ahvolga tushmaslik uchun iqtisodiy orgalarga islohot kiritish, tashkilotlarning bir biri bilan munosib faoliyat olib borishi va yangi davrda qo’lga kiritiladigan imkonlardan bahraman bo’lib farovonlikni orttirib o’rta daromad toifani kuchlantirish zarur.

         O’rta daromad toifani kuchaytirib ularning o’lkada rolini orttirish siyosiy muvozanat bo'lishi jihatidan ham muhim. Shunday qilib quyu va o’rta toifa jamoatga aralashib o’lka siyosatida yana ham faol bo’ladi. Mana mavjud vaziyat o’tmishdagi yo’llar bilan o’lkani boshqarish iloji bo’lmaganini ko’rsatmoqda. Referendum natijasi bilan xalq, nazarda tutilgan Prezidentlik hukumat sistemasiga o’zgarish kiritishni tasdiqladi va Turkiya uchun tarixiy bir imkoniyat yaratdi.

Turkiyaning endi bu imkoniyatdan foydalanib, qayta rivojlanishi uchun faoliyatga o’tishi kerak.

 


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar