Jahon iqtisodiyoti 11-qism

Tarixiy Ipak Yo'li qayta xizmaga kirishi bilan Xitoy va Yevropani ulagan bo'ladi.

691700
Jahon iqtisodiyoti 11-qism

Ipak Yo’li, Xitoydan boshlanib Onado’liga va bu yerdan O’rtayer dengizidan Yevropaga borib yetgan tijorat  tarmog’dir. Sharq va G’arb o’rtasida tarix bo’yicha aloqa qurgan va nomini “Ipak”dan olgan ushbu savdo yo’li, boshqa yo’llarning chiqishi bilan ahamiyatini boy bergan lekin so’ngi yillardagi o’zgarishlar oqibatida qayta kun tartibida joy olishga boshlagan.

2000 yilidan e’tiboran iqtisodiy jihatdan rivojlanib borgan Xitoy, arzonga tushgan mahsulotlarni Yevropa  bozorlariga oson import qilish va Xitoy-Yevropa tijorat tarog’ini rivojlantirish uchun Ipak Yo’li loyihasini qayta rivojlantirishga boshlatgan. Ipak Yo’li o’tgan o’lkalar ushbu yo’lni qurganlar.

Loyiha, boshda Xitoy bo’lib mustaqilligini qozongandan keyin kurraviy integratsiyani birinchi navbatga qo’ygan O’rta Osiyo Turk jumhuriyatlari bilan Turkiya, Eron va Rossiya kabi davlatlarni o’z ichiga olmoqda.

Ipak Yo’li loyihasi dengiz va quruqlik yo’li ham bo’lib jami 65 davlatni qaramoqda. Bu yo’nalish ustida joy olgan davlatlar ko’zdan kechirilganda loyihaning asosan rivojlangan davlatlardan o’tgani ko’rinmoqda. Xitoyni O’rta Osiyo ustidan Yevropaga bog’lagan ushbu yo’lning qurilishi nihoyasiga yetishi bilan birga quruqlik dengiz va temir yo’li Xitoyni Yevropaga ulashi mo’ljallanmoqda.

Ipak Yo’li loyihasining Xitoyga qo’shadigan hissalari bilan bir qatorda loyihada joy olgan boshqa davlatlarning ham iqtisodiy aloqalarni mustahkamalashtirishi kutilmoqda. Tijoratni faollashtirish, farovonlikni ko’tarib yangi ish imkoniyatlari yaratadigan loyiha, asosan O’rta Osiyo davlatlari va bozorlarida katta uluj olishni istagan Yaqin Sharq bilan Turkiya va Yevropaga ham ijobiy aks etadi.

Mana shuning uchun, Yevropa Ittifoqi bilan Xitoy o’rtasida mavjud tijorat hajmi, Ipak Yo’li xizmatga o’tishi bilan ortadi. Bu nuqta-i  nazardan loyiha hanuz sus bozorlari bo’lgan Yevropa uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yangi Ipak Yo’li Loyihasining Turkiyaga bo’lgan ta’siri... 

Yevropa, O’rta Osiyo va Yaqin Sharq geografiyasining chorrahasida joy olgan Turkiya, loyihaning Yevropaga o’tish nuqtasida. Ushbu loyiha Turkiyaning boshqa davlatlar bilan aloqalarini rivojlantiradi. Osiyo bilan Yevropa o’rtasida tijorat markazidagi Turkiya, Osiyo sarmoyasini o’ziga jalb qilish uchun ham ahamiyatli. Sarmoya jamlash mavzusida yuksak sarmoyalar nazarga olingan taqdirda, Turkiyaning sarmoya kiritish potensiyali yuqori darajada.

Xitoydan Yevropagacha uzagan Ipak Yo’liga qo’shilishi nazarda tutilgan tabiiy gaz va neft quvur tarmog’i ham Turkiyaning Osiyo bilan Yevropa o’lkalari orasidagi rolini faollashtiradi. Turkiyaning kelajakdagi iqtisodiy maqsadlariga muvaffaq bo’lishiga qo’shimcha Ipak Yo’li loyihasi, energiya tijoratida markazi bir nuqta bo’lish imkoniyatini ham o’zi bilan olib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar