Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 51-qism

Suriyadagi tragediyaga G'arb davlatlari qanday qarab turibti?

634191
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 51-qism

Tahmina sakkiz oy avval Suriyali shifokor Usame Ebu El Azz shunday degan edi: “Halabda tobut qolmadi.” 2016 yili Aprel oyidan e’tiboran Halabning muxoliflar nazoratidagi hududida yashamoq o’lim panchasida bo’lishdan farqi emas. Bu nuqta-i nazardan 2016 yilining ilk yarmida chop etilgan bir Xalqaro Af Tashkilotining hisoboti muhim ma’lumotlar berayotgan edi. Rossiya va Esad rejimining shifoxonalar va poliklinikalarni bombalaganini bildirgan edi. Sulh bitimi tuzilgandan keyin va undan oldin Rus Havo Kuchlari va Esad rejimi uzluksiz shifoxonalarni bombalagan edi. Xalqaro Af Tashkiloti xodimlariga ko'ra shifoxonalar va salomatlik xodimlarini nishonga olish urush stragetiyasining bir parchasi edi. Qolavera xalqaro huquq qoidalari oyoq osti qilingan.

So’ngi besh yil ichida Suriyada yuzlab shifokor hayotini yuqotdi. Bir tashkilotning tadqiqotlariga ko’ra, 2016 yili Aprel oyigacha Suriyada oxirgi besh yil ichida tahminan 730 nafar shifokor hayotini yuqotgan. Shuningdek 269 salomatlik markazida jami 382 havo hujumi uyushtirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari chop etilgandan keyin Dekabr oyigacha yana 54 salomatlik markaziga yana hujum qilindi. Ushbu ma’lumotlar hujumlarning muvozanatli va davomli ravishda uyushtirilganini ko’rsatmoqda.

Mana bu haftadan e’tiboran Sharqiy Halab butunlay Esad rerimining qo’liga o’tgan vaziyatda. Bu har doim so’z haqiga ega bo’lgan G’arb davlatlarining mas’ulyatidir. G’rbning Suriya siyosati shunchaki ochiq, endi parlamentlarida hatto oshikor tilga olishga boshladilar. Sobiq Ingliz Moliya Vaziri va Muhofazakor Partiya Deputati George Osborne ham bu hafta Avam Palatasida so’zlagan nutqida o’lkasi va G’arb dunyosini quyidagicha tanqid qildi: “Suriyadagi hodisalarda mas’uliyatimiz bo’lmaganiga ishonayotgan bo’lsak, bu parlamentda joy olgan kishilar sifatida o’zimizni aldatayapmiz. Halab tragediyasi, G’arb, Amerika va Ingliz liderliği yaratgan bo’shliqdan maydonga keldi.” Ikki hafta oldin Nemis Federla Majlisida Suriya mavzuli yig’ilishda so’zlagan Majlis Tashqi Aloqalar Komissiya Rahbari Nobert Rottgen, “Halab, Garbning tashqi siyosatidagi eng katta falokatning razi” degan edi.

Ikkinchi jahon urushida Natsislar sodir etgan qirg'inning qaytarilmasligi uchun “Qat’iylik, bilan takror bo’lmaydi” deganlar so’zlarini unutganlar. Bunga o’xshash Falastinda, Bosniyada, Ruandada, Halepchada va oxirgisi Suriyada sodir etildi. 2013 yili Esad rejimi o’z xalqiga qarshi ximyoviy qurol ishlatgani, bildirilgan qizil chiqizni o’tgan edi. Lekin G’arb bunga qarshi javob bermadi. Undan ham yomon tomoni Rossiya tuzgan o’yin qoidalariga ko’ra o’yinni qabul qildi. Halab, Rossiya Havo Kuchlari ta’min etgan dastaklar natijasida butunlay Esad rejimining qo’liga o’tgan. Lekin bu, rejimning kuchli bo’lganini anglatmaydi. Halabning tushishi, Rossiyaning yordamlari bilan bir qatorda Eron boshqargan xorjlik militsiya kuchlarining, Iroqdan kelgan militsiya kuchlari va Hizbullohning dastagi bilan amalga oshirildi. Qolaversa, rejim Halabda nazoratni ta'minlashga intilar ekan Palmirani qayta DAISHga boy berdi.

Suriyada, ınfratuzilmalarning xarobaga aylanishi bir tomonda, siyosiy jihatdan parchalangan va yiqilgan bir davlat og’ir bosmoqda. Faqat to’rt davlatdan dastak olgan bir rejimga hukum etishni istagan o’lkada, davlat bir uydirmadan iborat xolos. Rejimning da'volarining ziddiga, Halab ozod bo’lmadi. Faqat tashqi kuchlarning Suriyada bir shaharni yoqib-yiqishi bo'ldi. Halabdan keyin Esad rejimiga qarshi kurashning jangarilar bilan olib borish e’htimoli baland. Rus havo kuchlarining bir ta’siri bo'lmagan bu jangning Esad rejimi izlagan siyosatini cheklanishi imkonsiz. Rejim izlagan siyosatning jangarilarga xodim ta’minlash sohasida xizmat qilishi bahs mavzusi.

Suriyadagi to’qnashuvlar natijasida rejim vayronagarchilikka sabab bo’ldi. Shuningdek millionlab kishi uysiz va darbadar bo’lgan. Bu shartlarda, rejimning bosim bilan olib borgan siyosati yangi jangarilarning maydonga chiqishiga olib keladi. Buning 1982 yili Hama jangiga o’xshamasligi oshikor. Chunki endi na rejim 1982 yiligi kabi kuchli, na bu masalalar bir shaharni bostirish bilan hal bo’lmaydi. Xorijlik kuchlarning borligi esa davomli xoru-zor bo’lishni eslatib turadi. Mana shuning uchun, Suriyada radikal bir ijrimoi, iqtisodiy va siyosiy o’zgarish bo’lmaguncha mavjud rejim va uni dastaklaganlar muammo yaratishga davom etadi.



Aloqador xabarlar