Turkiyaning yangi g'oyasi 14-qism

Yildirim Beyazit Universiteti Jamiyatshunoslik fakulteti Sotsiologiya kafedrasi xodimi Prof.Dr Mazhar Bag'lining mulohazalari...

464057
Turkiyaning yangi g'oyasi 14-qism


Turkiyada jamiyat uzoq yillardan beri maqsadi noaniq bo'lgan

stenariyaning ichiga tushib qolgandek. Bu stenariyani poyoniga

yetkazish uchun ashaddiy jinoyatchini ham kechiradigan vaziyatga

keldi. Bu vaziyat bir kobus kabi hayotimizga o'rnashib olgan. Turk

millatining nafasini bo'g'ib qo'yadigan yomon tushdan darhol

uyg'onish zarur. Insonlar yaxshi zamonga shunaqangi tashna

bo'lganki, qirlarda sayr qilib gul to'plashni sog'ingan. Har Navro'z

bayramini nafaqat mavsumning balki, o'z taqdirining bahori sifatida

ko'rishni sog'indilar.

to'xtatishga harakat qildilar. Lekin, Ak partiya bu to'sqinliklarga

qaramasdan, kurashni davom ettirdi.

Mintaqa xalqi mamlakatdagi siyosiy jarayonning butun bosqichini

birma-bir boshidan o'tkazdi. O'zlariga tegishli bo'lmagan ushbu

nizolarning zudlik bilan bartaraf etilishini xohladi.

Davlat bu nizolarni keltirib chiqarganlarning ham talablarini inobatga

olib, yangi davr yaratishga harakat qildi.

Muzokaralar boshlandi. Barcha o'z maqsadiga erishadi deganda,

kurdlar nomidan harakat qilgan terror tashkilotining qonli hujumlari

takror avjiga chiqdi.

Ko'p o'tmay ishning maqsadi o'zgardi. PKK va hamtavoqlari

kelishuvni buzdi.

Mamlakatni bo'lmoqchi bo'lgan terror tashkiloti boshlig'i ayyorlik

bilan to'qnashuvlarni kuchaytirib, o'z kelajagini kafolat ostiga

olmoqchi bo'ldi.

Uning rejasiga ko'ra, mamlakatda notinchlik avj olishi, qon to'kilishi

va bu vaziyatdan qutulish uchun hukumat hamda siyosiy mutasaddilar

unga yolvoradigan ahvolga tushishi kerak edi. Bu uning hayolidagi

stenariya edi.

Holbuki, muzokaralardan maqsad kurd xalqiga porloq kelajakdan

darak berish edi.

Umidlari puchga chiqqan terror tashkiloti boshlig'i siyosiy partiyasi

orqali takror eski kunlarga qaytish va aybini yuvishga tushdi. Bunga

endi hech kim ishonmaydi. Bundan buyon unga na kurdlar ishonadi na

turklar.

PKK terror tashkiloti va hamtavoqlari o'z jinoyatlarini sabab qilib

ko'rsatib, siyosiy jarayonni to'xtatdilar. Ularning muzokaralarni

to'xtatishdan maqsadi qora amallarini bajarish edi.

Bularning barchasi terror tashkilotining yozidagi tinchlik va

demokratiya niqobining tushishiga olib keldi.

Ularning asl niyati kurdlarning kelajagini yaratish emasligi ma'lum

bo'ldi. Turkiyaning sharqida yashagan kurdlarning aytishicha,

ularning maqsadi kurd millatining kelajagini yoritish emas.

Insonlar dastlab, Xalq demokratik partiyasi bilan PKKning tinchlik

tarafdori ekaniga ishongan edilar. Lekin, PKK terror tashkilotining

tinchlik tarafdori emasligi barchaga oshikor bo'ldi.

Bunga qaramasdan, yo'lga qo'yiladigan muzokaralar kurd millati

tomonidan qo'llab quvvatlanmaydi. Shahsiy fikrim, bu partiya bilan

muzokaralarni takror yo'lga qo'yib bo'lmaydi.

Menimcha yangi jarayonning boshlanishi amri maholga o'xshaydi.

Demirtash sudlanmasdan, PKK terror tashkiloti boshlig'i O'jalan

o'lim jazosiga mahkum qilinmasdan, Karayilan laqabli ashaddiy

terrorist qo'lga tushmasdan muzokaralarning yuritilishiga ko'zim

yetmaydi.

Yildirim Beyazit Universiteti Jamiyatshunoslik fakulteti Sotsiologiya kafedrasi xodimi Prof.Dr

Mazhar Bag'lining mulohazalarini e'tiboringizga havola qildik



Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorist , #Ak partiya , #muzokara

Aloqador xabarlar