Toshkent haftanomasi 80 qism

Toshkent haftanomasi 80 qism

345237
Toshkent haftanomasi 80 qism

O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligida Yaponiya Tashqi ishlar rahbari o'rinbosari bilan Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
13 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o`rinbosari Kentaro Sonourani qabul qildi.
Muloqot davomida O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi siyosiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari hamda ba`zi mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuvda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti shaklidagi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka alohida e`tibor qaratildi.
Suhbat chog`ida o`zaro hamkorlikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta`kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, investitsiya va kredit kelishuvlari hamda texnik yordam loyihalarini o`z ichiga olgan yirik paket imzolangan O'zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O`zbekiston iqtisodiy hamkorlik bo`yicha komitetlarining 2015 yil 27 yanvar kuni Tokio shahrida bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishi yakunlari yuqori baholandi.
Suhbat chog`ida turli darajagi bo`lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning amaliy masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Fumihiko Kato xam ishtirok etdi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Sammitning asosiy tadbirlari 10-iyul kuni bo'lib o'tdi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.
Majlisda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, Shanxay hamkorlik tashkilotini yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti amaliy muloqot va mintaqaviy hamda global muammolarni samarali hal etish uchun qulay imkoniyat ekani ta'kidlandi.
Shundan so'ng, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari majlisni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar rahbarlari, muloqot bo‘yicha sheriklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.
Prezident Islom Karimov o'z nutqida tobora global tus olib borayotgan tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.
Islom Karimov Afg'oniston muammosini harbiy yo'l bilan hal etib bo'lmasligini, uning yagona yo'li – donor mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy va gumanitar yordamida va BMTning faol ishtirokida faqat tinch siyosiy muzokaralar o'tkazish, qarama-qarshi tomonlar o'rtasida o'zaro kelishuvga erishish ekanini qayd etdi.
Ushbu Sammitdan so'ng Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik O'zbekistonga o'tdi. Shu munosabat bilan Islom Karimov, O'zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganining 15-yilligi nishonlanadigan yilda tashkilotga raislik qilishdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olayotganini va bu, o'z navbatida, istiqbolda ko‘zda tutilgan rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda umumiy mas'uliyatni yanada oshirishini ta'kidladi.
O'zbekiston tashkilotga rais sifatida mavjud an'analarga amal qilish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar manfaatlariga mos keladigan hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, tashkilotning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish prinsiplariga qat’iy rioya etadi.
Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish, tashkilotga a'zo davlatlar iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish va ularning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlash tashkilot oldidagi dolzarb vazifa bo'lib qolaveradi, deb ta'kidladi Islom Karimov.
Sammit yakunida Ufa deklaratsiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotini 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi va 2016-2018-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha hamkorlik dasturi qabul qilindi. Shuningdek, Hindiston va Pokistonni Shanxay hamkorlik tashkilotiga qabul qilish jarayonini boshlash, Belarus Respublikasiga kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal davlatlariga muloqot bo'yicha sherik maqomini berish bo'yicha qarorlar imzolandi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 iyul kuni Rossiyaning Ufa shaxrida bo'lib o'tgan Shanghay Xamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
İkki davlat raxbarlari, mazkur uchrashuvning O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari o'rnatilganining 10 yilligida o'tayotgani hamda hamkorlikning barcha ustuvor va istiqbolli yo'nalishlari bo`yicha fikr almashish uchun qulay fursat ekani ta`kidlandi.
Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. O'zbekiston va Rossiya Shanghay Xamkorlik Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasida faol hamkorlik qilayotgani qayd etildi.
Suhbat chog'ida, Rossiya O'zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri ekanligi ta'kidlandi.
Suhbat chog'ida shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O'zbekiston raxbari Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasiga taklif etdi.


O'zbekiston Prezidenti İslom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotining Ufa sammiti doirasida 10-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, tomonlar o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv paytida, Islom Karimov keng ko‘lamli O'zbekiston – Xitoy munosabatlari ikki davlat rahbarlarining do'stlik va o'zaro ishonchga asoslangan muloqotlari negizida tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Si Szinpin İslom Karimovni joriy yil mart oyida bo'lib o'tgan Prezident saylovidagi g'alabasi bilan yana bir bor tabriklab, O'zbekiston xalqi Islom Karimov rahbarligida barcha sohalarda yanada katta yutuqlarga erishishiga ishonch bildirdi.
Si Szinpin shuningdek, Xitoy tomoni O'zbekistonda tibbiyot, ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun texnik yordam sifatida 350 million yuan miqdorida grant ajratganini ma'lum qildi.
Uchrashuvda ShHT doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


Sergey Lavrov bugun O'zbekistonga keladi.
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun O'zbekistonga tashrif buyuradi.
Bu xaqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi Marbuot Xizmati xabar berdi.
Sergey Lavrovning Toshkentga safari chog'ida, O`zbekiston-Rossiya muntazam muloqoti doirasida Toshkentda bir qator uchrashuv va muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur muzokaralar davomida ikki tomonning kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.


O'zbekiston va Belgiya soliq axboroti almashishni yaxshilaydi.
O'zbekiston prezidenti Islom Karimov o'z qarori bilan O'zbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi o'rtasida 1996 yil 14 noyabrida imzolangan ikki marta soliqqa tortish va soliq to'lashdan bo'yin tovlashni bartaraf qilish to'g'risidagi konventsiyaga o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi bayonnomani tasdiqladi.
Ushbu bayonnoma shu yilning 18 fevral kuni Bryusselda imzolangan edi.
Qarorda, Konventsiyaga kiritilgan o'zgartishlar xalqaro standartlarga mos kelishi va hamda soliq faoliyati shaffofligini ta'minlash, bu borada axborot almashishni yaxshilashga xizmat qilishi ta'kidlab o'tildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar