Turizm haftasi maxsus rukni

Sayohat qilish degani faqatgina bir yerdan ikkinchi yerga borishlik emas balki madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan munosabatda bo’lishdir.

236278
Turizm haftasi maxsus rukni

Mamlakatimizda bu hafta, 15-22 aprel kunlari orasida “Turizm haftasi” nishonlanmoqda. Turizm, rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiyoti jihatidan mo’risiz sano’at olaroq hisoblanmoqdadir. Chunki turizm, bir mamlakatning rivojlanishi va daromadining ortishi uchun katta ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy zanjiri katta kuchga egadir. Transportdan turar-joyga, oziq-ovqat tarmog’idan muzey va tarixiy joylarga, shuningdek sovg’a salomlarga qadar mamlakat iqtisodiyotining har bir sohasi turizm ta’siridan o’z ulushini olmoqda.

Turizmdan ta’sirlanmagan biron bir soha yo’qdir. Davlat ham turizm sohasi ustidan soliq olib, ko’plab daromad qo’lga kiritmoqda. Shunday qilib ham fuqaro, ham davlat daromad qozonmoqda. Turizm, fuqarolarimizning tinchligini orttirar ekan bir tomondan mamlakatimizning rivojlanishi uchun hissa qo’shmoqda. Turizmdan qo’lga kiritilgan daromad bilan davlatimiz o’z sarmoyasi uchun qo’shimcha resurs qozonmoqdadir.

Turizm sohasidan qo’lga kiritilgan daromadni orttirishning eng qulay yo’li mehmonxonalardagi mamlakatimizdakrovat soninig va sifatining orttirilishidir. Bu yo’lda Turkiyaning to’rt burchagida davlatimizning ruhlantirishi bilan muhim chora-tadbirlar yuritilmoqda. Bir tomondan xususiy sektorimizning, ikkinchi tomondan davlatimizning qo’llab-quvvatlashi turizm sohasini mamlakatimiz uchun muhim daromad manbaiga aylantirmoqda.

Turizmni faqatgina yozgi dam olish tushunchasi olaroq qabul qilmasligimiz kerak. Mamlakatimizda, oxirgi yillarda issiq mineral suvlar bulog’i va kongress turizmi maydonida muhim yangiliklar ro’y berdi. Sog’likni saqlash turizmi ham rivojlanib ketdi. Ushbu rivoshlangan sog’likni saqlash turizmi Yevropadan, Bolqonlardan, Yaqin Sharqdan kelganlarga xizmat bermoqda.

Narx-navo va xizmat sifati mamlakatimizni bu sohada oldingi o’ringa olib chiqmoqda. Sport turizmi ham, muhim ustivorlikdir. Chang’i markazlaridan, rafting bilan shug’illanuvchi daryo turizmigacha judayam keng tarmoqdagi jiddiy salohiyatga egadir. Shu bahona mamlakatimizning to’rt burchagida turizmni rivojlantirishimiz kerak. Sport jamoalarining mashq qilish maqsadida yoz va qish oylarida mamlakatimizni tanlashi va buning xalqaro media vositalari orqali eshittirilishi ham mamlakatimizning tanitilishiga hissa qo’shmoqda.

Dunyo miqyosida televideniya, radio va gazetalarda taniqli jamoalarning mashq lageri uchun Turkiyaga kelishlari xabar olaroq tarqatilmoqda. Mamlakat, o’z turizmi orqali bo’lsa ham tanitilmoqda. Turizm sohasini kengaytirish va uni 12 oyga yoyish orqali sektorni davomli jonli tutish mumkindir.

Yoz turizmi uchun mamlakatimizni ziyorat qilgan sayyohlar Rossiyadan, Germaniyadan, Yaqin Sharq Arap Davlatlaridan Uzoq Sharqga qadar judayam keng geografiyadan tashrif buyurmoqdalar. Ularga Turkiyani tanlashlarining sababi haqida savol berilganida xalqning sayyohlarga qaratilgan muomalasi, madaniy meroslari, toza tabiat kabi krikriteriylari oldingi o’rinda kelmoqda. Salohiyatimizni orttirgan bu kabi mavzularda xalqimizga ma’lumot berib, mamlakatimizga ijobiy ta’sir ko’rsatgan turizm daromadini orttirish bizlarning qo’limizdadir.

Sayyohlarga duch kelgan har bir fuqaromiz ularga tabassum bilan qarab, turk insonining fe’l atvoridagi mehmondo’stlik xususiyatlarini ko’rsatishlari kerak. Sayyohga qopol muomala qilgan, jamiyat tomonidan aslo qabul qilinmaydigan xulq atvorlardan uzoq turishligimiz zarur. Bunday muomala qilganlarni ko’rib qo’lgudek bo’lsak darrov osha kishilarni ogohlantirib, sayyohni aldashlariga mo’ne bo’lishimiz shart. Chet elda yashagan fuqarolarimiz qo’ni-qo’shnilariga, do’stlariga mamlakatimiz haqida so’zlab berishlari kerak.

Bizni tinglagan va mamlatamizni bir yoki bir necha bor ziyorat qilgan eshittirishimiz muhlislari ham, Turkiyada o’tkazgan chiroyli dam olish kunlarini do’stlariga, qarindosh urug’lariga bayon etib, ularni ham mamlatamizni ziyorat qilishlari uchun taklif qilishlari mumkin.

Turk bo’lsangiz ham bo’lmasangiz ham quyoshi bilan, tabiati bilan, madaniy merosi bilan biz faxrlangan mamlakatimizning ixtiyoriy turizm elchilariga alangali salom yo’llaymiz.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar