Tafakkur gulshani 61-qism

Kafkaz Universiteti rektori Prof.Dr Sami Ozjan bilan o'tkazilgan suhbatning davomi...

238184
Tafakkur gulshani 61-qism



“Eng katta ojizligimiz voz kechishdir. Muvvaffaqiyatga erishishning eng oson yo’li oldingizga qo’ygan maqsadga hamisha intilishdir”
Ushbu so’zlar 20 asrda ro’yobga chiqargan ulkan ijodlari bilan dunyo tarixida iz qoldirgan Thomas Edisonga oid. Biz ham muvaffaqiyatga erishish oson emasligini, aksincha juda ko’p to’sqinliklarga duch kelishimizni yaxshi bilamiz. Lekin, bunga qaramasdan hormay-tolmay umidlarimizni ro’yobga chiqarish uchun intilamiz.
Xurmatli tinglovchilar dasturimizning avvalgi sonida madaniyatlar shahri bo’lgan Karsga sayohat qilgan edik va u yerda joylashgan Kafkaz Universiteti haqida hikoya qilgan edik.
Qolaversa, universitet rektori Prof.Dr Sami Ozjan bilan suhbat o’tkazgan edik. Suhbatimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.

Janob rektor Kafkaz Universitetida o’tkazilayotgan xalqaro faoliyatlar haqida bizga quyidagicha ma’lumot berdi:
“Universitetimizda “xalqaro festival” nomi bilan turli madaniy va ilmiy faoliyatlarni amalga oshiryabmiz. Ushbu faoliyatlar natijasida nafaqat universitetimizda tahsil olgan xorijlik talabalar, balki o’zaro hamkorlik protokoli imzolangan xorij universitetlaridan talabalarni taklif qilib, 2 hafta mobaynida tanituv seminarlari va ta’lim dasturlarini amalga oshiryabmiz.
Universitetimizga kelgan xorijlik yoshlarga mamlakatimizni, mintaqamizni, universitetimizni va madaniyatimizni tanituvchi anjumanlar o’tkazamiz, sayohatlar uyushtiramiz va til o’rganish kurslarini tashkil qilish kabi ko’plab faoliyatlarni tashkil qilib kelyabmiz.
Bundan tashqari, xorijlik talabalarning bir-biri bilan tanishishi uchun madaniy uchrashuvlar o’tkazyabmiz, madaniy uchrashuv doirasida standlar tashkil qilib, har bir xorijlik talaba o’z mamlakatini, u yerdagi universitetlarni, milliy taomlarini, tilini tanitish uchun xalqaro talaba uchrashuvi kuni tashkil qilib boramiz.
Bunday faoliyatlar nafaqat universitet jamoasiga balki, butun shahar aholisiga ochiq shaklda tashkil qilinadi. Ma’lum bo’lgani kabi, ta’lim sistemamizda, Bologna jarayoni doirasida ba’zi islohotlar amalga oshirildi. Ushbu jarayon tarkibida universitetlarning zimmasiga katta mas’uliyat tushadi. Kafkaz universiteti bu jarayonda zimmasiga tushgan mas’uliyatni a’lo darajada bajarmoqda va bu muvaffaqiyati tufayli xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.
Universitetimiz ta’limda sifat darajasining bir isboti sifatida Diplom emblemasini olish uchun Yevropa İttifoqi komissiyasiga murojaat qildi va 2013 yilning dekabr oyida ushbu mukofotni olishga muvaffaq bo’ldi. Buning qanday foydasi bor? degan savol tug’iladi albatta. Buning foydasi shuki, bundan buyon universitetimiz tomonidan berilgan diplom butun dunyoda tan olinadi, ayni paytda universitetimiz bitiruvchilari dunyoning hoxlagan davlatida magistratura va doktoranturada o’qish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. Ya’ni, universitet diplomining butun dunyoda tan olinishi oldidagi to’siqlar yoki bunga o’xshash biron muammoga duch kelishi diplom emblemasi bilan bartaraf etildi”-deydi Kafkaz universiteti rektori Prof.Dr Sami Ozjan.

Kafkaz universitetida xorijlik talabalarni o’ziga jalb qiladigan qanday xususiyatlar bor deb o’ylaysiz? degan savolimizga esa rektor shunday javob berdi:
“Avval aytib o’tganimdek, universitetimiz turli millat va elatlardan yoshlar to’plangan, barcha tinch muhitda ta’lim olayotgan, xalqaro maydonda o’zini isbotlagan bilim dargohidir. Bu ma’noda universitetimizni tanlagan yoshlarga o’z vatanidagi muhitni yaratib berishga harakat qilyabmiz”-deydi universitet rektori.
Va xorijlik yoshlarni Kafkaz universitetiga jalb qilish uchun quyidagilarni tilga oldi:
“Turkiya ovozi radiosi vositasida xorijlik butun yoshlarga shuni aytmoqchimanki, madaniyatlar beshigi bo’lgan Kars shahriga va bu madaniyatni bilim bilan butunlashtirish uchun esa, Kafkaz universitetiga barcha yoshlarni taklif qilib qolaman”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar