Toshkent haftanomasi 60-qism

Toshkent haftanomasi 60-qism

230956
Toshkent haftanomasi 60-qism

O`zbekiston bilan Belgiya o'rtasida qo`sh solikqa tortishning oldini olish bo`yicha konventsiyaga o`zgartirishlar kiritish haqida bayonnoma imzolandi.
Belgiya poytaxti Bryusselda O`zbekiston Respublikasi va Belgiya qirolligi bilan qo`sh solikqa tortishning oldini olish va daromad va kapitaldan soliqni to`lashdan bosh tortishni bartaraf etish bo`yicha 1996 yil 14 noyabrda tuzilgan konventsiyaga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha bayonnoma imzolandi.
O`zbekiston Davlat soliq qo`mitasining xalqaro soliq munosabatlari va hamkorligi boshqarmasida xabar berilishicha, ushbu hujjatni O`zbekiston tomonidan DSQ raisi Botir Parpiev, Belgiya tomonidan Belgiya Moliya vaziri Joxan Van Overtveld va Flandriya viloyati Moliya vaziri Annemi Turtelb imzolagan.
Bayonnoma orqali kiritiladigan o`zgartirishlar axborotlar almashish sohasida soliq shaffofligining xalqaro standartlariga mos keladi hamda soliq to`lashda suiiste`mol qilishga qarshilik ko`rsatish maqsadida soliq axboroti bilan almashishning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ҳujjatni imzolash marosimida Belgiya tomonidan bayonnomaning imzolanishi ikkala tomonda ham kelgusida o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga ikki tomonlama qiziqish mavjudligining ko`rsatkichi ekanligi ta`kidlab o`tilgan.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik tizimlar va inson huquqlari byurosining 12 kishidan iborat cheklangan kuzatuvchilar missiyasi Toshkentga keldi.
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatuv missiyasiga italiyalik Kaetana de Zulueta rahbarlik qilmoqda.
O`zbekistonda 29 mart kuni bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovini kuzatish maqsadida tashrif buyurgan12 kishidan iborat asosiy kuzatuv missiyasi 23 fevral kuni o`z faoliyatini boshladi.
Bu kuzatuv guruhining asosiy vazifasi 29 mart kuni bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarining demokratik asoslarda o`tishini kuzatishdan iborat bo`ladi.
Keyinroq keladigan to`liq missiya tarkibida esa, Evropaning Polsha, Belarus, Rossiya, Frantsiya, Shveytsariya, Moldova, Latviya, Kanada, Italiya kabi 20ga yaqin davlatlaridan vakillar bo`lishi kutilmoqda.
Bu missiya joylardagi vaziyatni o`rganib, mart oyining birinchi yarmida o`z montoringi xulosalarini taqdim etishi ma`lum qilingan.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi Kuzatuvchilar missiyasi rahbari Kaetana de Zulueta bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
O`zbekistonga 29 mart kuni bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovini kuzatish uchun kelgan mazkur missiya azolari bilan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi suhbat davomida Kuzatuvchilar missiyasining O`zbekistondagi faoliyati bilan bog`liq amaliy masalalar muhokama qilindi.

Farrux Do'stov tennis bo'yicha "Chelenjer" turniri g'olibi bo'ldi.
O'zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do'stov Polshaning Vrotslav shahrida bo'lib o'tgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Ҳal qiluvchi final uchrashuvida O'zbekistonlik tennischi Farruz Do'stov, Bosniya va Gersegoviniyalik sportchi Mirza Basichni 6-3, 6-4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, turnir bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng Farrux Do'stov dunyo tennis tasnifida 98-o'ringa ko'tarilib oldi.

Mirabror Usmonov Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasiga prezident etib tayinlandi.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasiga prezident etib tayinlandi. Unga ko'ra, Toshkentda Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasi tashkil qilinadi.
Shu yilning 9 yanvarida Avstraliyaning Melburn shahrida bo'lib o'tgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) ning navbatdan tashqari Kongessida tashkilot ustaviga o'zgartirishlar kiritilgan edi. Unga ko'ra OFK a'zo 47 ta futbol federatsiyalari 5 ta geografik mintaqaga bo'linishi belgilab qo'yilgan va yangi Markaziy Osiyo mintaqasini tashkil qilish Kongress a'zolari tomonidan ma'qullangan edi.
OFKning ushbu islohotlari doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi futbol federatsiyalarining mutasaddi shaxslari o'tgan xaftada Quvaytda yig'ilib, Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasining qarorgohini Toshkent shahrida tashkil qilishga kelishib oldilar. Ayni paytda tashkilotni ro'yxatga qo'yish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
OFK ustaviga kiritilgan yangi o'zgartirishlarga ko'ra, endilikda, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun tashkilot Ijroiya Qo'mitasidan 3 ta joy ajratiladi.
Mazkur o'zgartishga asosan, Markaziy Osiyo Futbol Uyushmasiga Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston kiradi.

Amerika Qo'shma Shtatlarining Milliy demokratiya instituti mintaqaviy direktori tashrif bilan O`zbekistonga keldi
AQSh Milliy demokratiya institutining Evroosiyo bo`yicha mintaqaviy direktori Lora juit, o'tgan xaftada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo`mitasi raisi Ulug`bek Muhammadiev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, Milliy demokratiya institutining O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga samarali ko`maklashish borasidagi imkoniyatlarini o`rganish masalalarida fikr almashildi, deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.
Uchrashuvda, tomonlar parlament nazorati sohasida tajriba almashish mexanizmlari, qonun ijodkorligi borasidagi tajriba va qonunlarni ijrochilarga samarali etkazish, shuningdek, Oliy Majlisning davlat va fuqarolik jamiyati o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash jarayonidagi o`rnini muhokama qildilar.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining O`zbekiston Prezidenti saylovini kuzatuvchi missiyasi matbuot anjumani o`tkazdi.
Toshkentda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi O`zbekistonda 29 mart kuni bo`lib o`tadigan Prezident saylovlarini kuzatish bo`yicha cheklangan missiyasi ishining boshlanishiga bag`ishlangan matbuot anjumanini o`tkazdi.
Ushbu missiya O`zbekiston hukumati taklifiga binoan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan yuborilgan bo`lib, unga Kaetana De Zulueta rahbarlik qilmoqda.
Missiya tarkibiga Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi 11 nafar ekspert hamda hududlarga safarbar etiluvchi 10 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar kiradi.
Kaetana De Zulueta qayd etishicha, missiya saylovlarni O`zbekiston qonunchiligida ko`zda tutilgan muddat va tartiblarga muvofiq, uzoq muddatli asosda kuzatadi.
Bu kuzatuv nomzodlar saylovoldi tashviqotini qanday olib borayotgani, ommaviy axborot vositalari saylovchilarni saylov jarayonining borishi haqida qanday xabardor qilayotganini o`z ichiga oladi va Toshkentda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida saylovlarga oid boshqa xalqaro majburiyatlar, standartlar hamda milliy qonunchilik bajarilishini baholab boradi.
Shuningdek, missiya a`zolari O`zbekistonning bir qator hududlariga tashrif buyurib, saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishadi.
Kuzatuv jarayoni doirasida missiya nomzodlar, turli davlat muassasalari, siyosiy partiyalar, sud-huquq tizimi, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.

Jahon Banki "Angren – Pop" temir yo`li qurilishi uchun kredit ajratdi.
Jahon bankining Ijrochi direktorlari kengashi Angren−Pop temir yo`li qurilishi loyihasi uchun O`zbekistonga 195 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishini ma`qulladi.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollaridan ziyodni tashkil qilmoqda. Angren va Pop o`rtasida 124 kilometrlik temir yo`li qurilishi doirasida “Kamchik” dovoni orqali 19 kilometrlik tunnelning qurilish ishlari ham davom etmoqda.
Shu tariqa, “O`zbekiston temir yo`llari”, O`zbekiston Respublikasi qayta tiklash va rivojlantirish jamg`armasi ushbu loyihaga 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni moliyalashtirmoqda.
Ushbu loyixaga Xitoyning Eksimbanki 350 million AQSh dollari hamda Jahon banki 195 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratgan.
Jahon banki kreditining 154 million AQSh dollari temir yo`lni elektrlashtirish, signalizatsiya va kuzatuv kameralarini o`rnatish uchun sarflanadi.
Yana 35 million AQSh dollar temir yo`l uchun elektr energiyasi etkazib berishni ta`minlashga yo`naltiriladi.
Ma'lumki, Angren−Pop temir yo`li 2016 yilning iyul oyida foydalanishga topshirilishi ko`zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar