Turkiya va Xalqaro Jarayon...

Turkiya va Xalqaro Jarayon...

145025
Turkiya va Xalqaro Jarayon...

5-6 Dekabr kunlarida Afinada Turkiya va Gretsiya aloqalari barcha jihatlari bilan ko’rib chiqildi. İkki kun mobaynida Bosh Vazir Davuto’g’li va Samaras bilan bir qatorda hamrohida bo’lgan juda ko’p sonda vazir, byurokrat, ishbilarmon va siyosiylar, Turkiya-Gretsiya aloqalarini barcha jihatlari bilan ko’rib chiqdilar. Dolzarb masala esa Turkiya- Gretsiya Oliy Saviyali Hamkorlik Kengashining 3 yig’ilishi bo’lish bilan birgalikda, kengash doirasida o’nlab mavzu ham ko’rib chiqildi. Bu doirada o’tkazilgan uchrashuvlarni uch uch bo’limda muhokama qilish mumkin.Birinchisi, iqtisodiyot , tijorat, transport, turizm, madaniyat va o’xshash sohalarni qamragan mavzular edi.
İkkinchisi, tashqai siyosat, xavfsizlik va Turkiya Yevropa İttifoqi a’zoligi ko’rib chiqildi. Uchunchisi esa, aslida muhim bir soha bo’lish bilan birgalikda, eng muhim mavzu energiya edi. Ochiq aytish kerak bo’lsa, ziyoratning asl sababi va kuntartibining asosiy mavzusi, energiya aloqalarini qiziqtirgan masalalardi.
Boshqalari esa ularni moslashtiruvchi unsurlar edi. Buning bilan birgalikda boshqa mavzular ahmiyatsiz yoki ikkinchi ahmiyatga eg deyishimiz mumkin emas. Turkiya- Gretsisya aloqalari bir butun bo’lib boshqalarini yaqindan aloqalantiradi. Har qanday bir muammo boshqalariga ham salbiy ta’sir qoldiradi. Energiya hamkorligi, tomonlarning birinchidan tashqi siyosatida va ijobiy aloqalar o’rnatishlarining ortidan barcha muammolarni tinchlik yo’li bilan yechishlarini majburi qiladi.
Mavzular orasidagi ushbu o’lkalar orasidagi o’zaro qaramlikga ta’sir qoldirdi.
Marmara Universiteti siyosat İlmi va Xalqaro Aloqalar Bo’limi Ustozi Prof. Dr. Ramazon Go’zenning mavzu bilan tegishli fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

İkki o’lka orasidagi uchrashuvlar va energiya mavzusi bunchalik muhim bo’lishining ikki sababi bordir. Birinchisi, oxirgi haftalarda Turkiyaning vaziyatidagi energiya xavfsizligi jihatida kuntartibi kelgan yangilikardir. Bosh Vazir Davuto’g’li Bag’dod va Iroq Kurt Boshqaruvi bilan tabiiy gaz va neft borasida imzolagan bitimlar, AQSh Vitse Prezidenti Biden ham qatnashgan Atlantik Kengash Energiya va İqtisodiy mavuzli Istanbul yig’ilishi, Rossiya Prezidenti strategik Anqara ziyorati paytida qilingan izohlar va bitimlar, ushbu yangiliklarning barchasi, xalqaro energiya siyosati va Turkiya bu siyosatdagi kritik vaziyati bilan tegishli desak bo’ladi. Tabiiy gaz va neft manbalari jihatidan kambag’al bo’lgan Turkiya, ishlab chiqargan va iste’mol qilgan o’lkalar yoki mintaqalarning chorrahasida o’rin olishi katta ahmiyat kasb etmoqda. Hozirda Turkiyaning, ushbu geopolitik vaziyati ham ishlab chiqaruvchi hamda dunyo foydasiga taqdim etishga tirishmoqda. Albatta, Xalqaro energiya xavfsizligiga hissa qo’shgan bir Turkiya, avvalo o’z ehtiyojlarini qondiradi va foyda qo’lga kiritadi.
Turkiya ushbu fursatlardan foydalanish uchun, tegishli davlatlar bilan aloqalarida va tashqi siyosatida tinchlik, barqarorlik va ishonch unusurini rivojlantirishi kerak.
Bu nuqatada Kipr va Sharqi O’rta Yer dengiz energiya manbalari bilan tegishli tangliklarning yechilishi juda muhimdir.

Davuto’g’lining Afina safarining ikkinchi va belki yana kritik sababi shunday edi. Uchrashuvlarda tomonlar bergan bayonotlarida, Sharqi O’rta Yer dengizining energiya manbalari mushtarak foydalanish va buning uchun barcha muammolarning yechilishi jihatida edi.
Bundan chiqqan natija shudir, Turkiya va Gretsiya, mintaqadagi energiya manbalarini chiqarish va dunyoga yetkazilishi mavzusida hamkorlik qilishi.
Energiya hamkorligining boshqa bir tomoni esa, Rossiya tabiiy gazi, Turkiya va Gretsiya orqali Yevropaga eksport qilish loyihasidir. Putin Anqarada izoh etgan Janubiy Oqimining bekor qilinishi va o’riniga yangi bir tabiiy gaz quvurining qurilishi, Turkiya- Gretsiya aloqalarini yana ham kuchlantirishi kerak. Shunday qilib o’rtaga chiqadigan Rossiya –Turkiya- Gretsiya quvuri, Yevropalik o’lkalarning ehtiyojini qondirishi mumkin. Uchrashuvlarda o’rtaga chiqqan natija, Turkiya va Gretsiya fardi va bir tomonlama emas, mushtarak harakat qilishi umidi tug’ildi. Bu shuur va iroda bilan harakat qilishi darkor. Ziro Turkiya va Gretsiya Sharqi O’rta Yer dengiz va Egey Dengizi kabi sohalardan mushtarak foydalanuvchilaridir. Davuto’g’lining aytganidek, ushbu dengizlar o’lkalarni birlashtirgan “tinchlik” halqasi bo’lishi ham mumkindir. Hatto, Egey va O’rta Yer dengizi, Turkiya va Gretsiya bilan bir qatorda Islom va Xristian olamini ham bir- biriga bog’lagan “tinchlik halqasi” kabidir.
Buni ta’min eta olish uchun tomonlar ijobiy birpr tashqi siyosat izlashlari va ikki mavzuda kuchli hamkorlik qilishlari kerak.
Bulardan birinchisi, Kipr muammosini doimiy ravishda yechishlari, ikkinchisi esa Turkiyaning Yevropa İttifoqi oldidagi to’siqlarni olib tashlashi shartdir ki, ushbu to’siqlar Gretsiya va Kipr Rum Qismi tomonidan tashkil etilmoqda.
Afina uchrashuvlaridan chiqqan natija, bu ikki mavzuda ham optimist bir sharoit paydo bo’lgandir. Samaras “ Turkiyaning Yevropa İttifoqi a’zoligi Gretsiyaning foydasigadir va himoya qiladi” dedi. Davuto’g’li esas so’zlagan nutqida “ kuchli bir Gretsiya Turkiyaning manfatiga mosdir” izohlari, dilomatik jest sifatida qolmasligi kerak. Turkiya va Gretsiya orasidagi o’tgan asrdagi zidiyatlatlar va ta’qib etgan noxush siyosatlaridan vozkechishlari kerak, hamkorlik va ijobiy siyosatlar ustida to’xtatish lozim.
Albatta ki, Afinada paydo bo’lgan ijobiy sharoit, ikki o’lka orasidagi yuz yillik muammolarni tezda bartaraf etishini kutmaslik kerak. Faqat kamida yangi bir boshlang’ich bo’la olishi mumkindir. Energiya kabi strategik bir vosita bu jihatda bir fursat yaratishi mumkin. Buning bajarilib bajarilmasligini kutib ko’ramiz.

Marmara Universiteti siyosat İlmi va Xalqaro Aloqalar Bo’limi Ustozi Prof. Dr. Ramazon Go’zen mavzu bilan tegishli fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.
Gelgusi dasturimizda uchrashguncha omon bo’ling. 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar