Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni toʻxtatdi
O’zbekistonga Tojikiston elektr energiyasi oʻrniga Turkmaniston energiyasi berila boshlaydi.
Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni toʻxtatdi.
Bu qaror qishki mavsumning boshlanishi va Respublikaning ichki ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida qabul qilindi.
Avval erishilgan kelishuvlarga asosan Tojikiston Oʻzbekistonga faqat ichki ehtiyoj taʼminlangan oylardagina elektr energiyasini eksport qiladi.
Sentyabr oyidan beri energiya yetkazib berish hajmi asta-sekin qisqara boshladi.
O’zbekistonga Tojikiston elektr energiyasi oʻrniga Turkmaniston energiyasi berila boshlaydi.
Qoʻshni Respublikadan 1 dekabrdan e’tiboran 14,9 mln kVt.ch, 2 dekabrda 15,4 mln kVt.ch.energiya import qilindi.
Ikki tomonlama bitim bilan yetkazib berish grafigi va hajmi tasdiqlandi.
Eslatish joizki, elektr energiyani qoʻshni davlatlardan import qilish ikki yil oldin qayta tiklangandi.
Bu birinchi navbatda qish mavsumiga toʻgʻri keladi.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi
TBMM raisi Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda.