Rossiya vertolyotlari bilan aeroport texnikasi urib tushirilgani qayd etilmoqda

Bugun kechasi Ukraina armiyasining vaqtincha Rossiya nazorati ostida bo‘lgan Lugansk va Berdyansk yaqinlaridagi rus texnikalariga hujum qilgani bildirildi.

2052114
Rossiya vertolyotlari bilan aeroport texnikasi urib tushirilgani qayd etilmoqda

Ukraina Qurolli kuchlarining Strategik aloqa markazi (StratCom), Ukraina kuchlari tunda Lugansk va Berdyansk yaqinida Rossiya armiyasi vertolyotlari bilan aeroport texnikasini urib tushirganini xabar qildi.

StratCom tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, bugun kechasi Ukraina armiyasining vaqtincha Rossiya nazorati ostida bo‘lgan Lugansk va Berdyansk yaqinlaridagi rus texnikalariga hujum qilgani bildirildi.

Bayonotda,

“Ukraina Qurolli kuchlari 17 - oktabrga o‘tar kechasi vaqtincha bosib olingan Lugansk va Berdyansk yaqinida Rossiya bosqinchi kuchlariga tegishli vertolyotlar bilan aeroport texnikalariga qarshi muvaffaqiyatli hujumlar uyushtirdi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ukraina Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda oxirgi bir kun ichida Ukraina askarlari rus askarlarining qurol - yarogʻ va texnikalari toʻplangan hududlarga qarshi 4 marta hujum uyushtirgani, Ukraina raketa boʻlinmalari ham qo‘nish sohasidagi Rossiyaga oid 2 ta rus vertolyoti, oʻq - dori ombori va artilleriya vositasiga zarba berganini ma’lum qildi.

Oxirgi 24 soatda frontda 72 toʻqnashuv sodir boʻlgani ifoda etilgan bayonotda, soʻnggi bir kunda rus armiyasining Ukraina hududiga 10 ta raketa va 68 ta havo hujumi uyushtirgani, koʻp stvolli raketa tizimlari orqali Ukraina qoʻshinlarining pozitsiyalari va aholi punktlariga qarshi 87 marta oʻq uzilgani qayd etildi.

Ukraina Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tomonidan berilgan yozma bayonotda esa, Rossiyaning kechasi insonsiz havo vositalari va raketalar orqali Ukraina hududiga qarshi hujum uyushtirgani bildirildi.

Rossiya armiyasining Qrim yoʻnalishidan 6 ta “Shahed” rusumidagi insonsiz havo vositasi va Su – 24 samolyotidan boshqariladigan raketa uloqtirgani ta’kidlanib, “7 ta nishonning hammasi havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz tomonidan yoʻq qilindi” . – degan ifodalarga oʻrin berildi.

Bayonotda, shuningdek, Rossiyaning sharq tomon 2 ta S - 300 rusumidagi zenit raketalarini uchirgani qayd etildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Lugansk va Berdyansk , #hujum

Aloqador xabarlar