NATO va Daniya "Shimoliy oqim"dagi hodisa oqibatlarini muhokama qildi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Daniya mudofaa vaziri Morten Bodskov Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida uchrashuv o’tkazdi.

1885712
NATO va Daniya "Shimoliy oqim"dagi hodisa oqibatlarini muhokama qildi

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Daniya mudofaa vaziri Morten Bodskov Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida uchrashuv o’tkazdi.

Ular “Shimoliy oqim” quvurlarida gaz sizib chiqishidan keyin muhim infratuzilmalarni himoya qilish masalasini muhokama qildi.

Stoltenberg uchrashuv kun tartibi bo’yicha ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi.

Daniya NATOning eng yaqin ittifoqchisi ekanini tilga olgan Stoltenberg, “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarida bir vaqtning o‘zida uchta shikastlanish holati aniqlanganini va bunga qarshi olinadigan choralar muhokama qilinganini bildirdi.

“Biz NATO mamlakatlaridagi muhim infratuzilmalarni himoya qilishni muhokama qildik”, dedi Stoltenberg.

Daniya va Shvetsiya qirg‘oqlari yaqinida Rossiyaga tegishli “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” quvurlarida uchta shikastlanish holati aniqlangani ma’lum qilinib, kemalar hududga yaqinlashmasligi haqida ogohlantirish berildi.

Ikkala davlat ham gaz sizib chiqishi tasodif emas, balki qasddan qilingan harakat natijasi ekanligiga ishoralar borligini aytdi.

Yevropa Ittifoqi shuningdek, quvurlardagi gaz sizib chiqishi tasodifiy emas, balki ataylab qilingan harakat natijasi ekanini ma’lum qildi.

“Shimoliy oqim 1” quvur liniyasi orqali tabiiy gaz tashish zaruriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani sababli 31 avgust kuni to‘xtatilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Oqim 2 , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar