G‘azoga parashyutlar orqali oziq - ovqat to‘ldirilgan qutilar tushirildi

Xon Yunusning Mevasi hududiga samolyotlar yordamida insonparvarlik yordami yuborildi.

2140626
G‘azoga parashyutlar orqali oziq - ovqat to‘ldirilgan qutilar tushirildi

Isroil armiyasi tomonidan 7 - may kuni G‘azo sektori janubidagi Rafoh shahriga qarshi quruqlikdan hujum uyushtirila boshlandi. Ana shundan beri birinchi marotaba Xon Yunusning Mevasi hududiga samolyotlar yordamida insonparvarlik yordami yuborildi.

Guvohlarning aytishicha, qayerga qarashli ekani noma’lum samolyotlar Xon Yunus sohili yaqinidagi Mevasi hududiga parashyutlar orqali oziq - ovqat to‘ldirilgan qutilar tushirgan.

Hozircha nomi tilga olingan insonparvarlik yordami qayerdan yuborilgani haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.



Aloqador xabarlar