Isroil hujumlari 15 ming 103 nafar bola umriga zomin bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 223 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

2140574
Isroil hujumlari 15 ming 103 nafar bola umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 2023 – yilning 7 – oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda oxirgi 24 soatda falastinlik yana 39 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan 223 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil kuchlari tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi 4 marotaba qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 39 kishi halok bo‘lar ekan, 64 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 35 ming 272 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 79 ming 205 nafar ekani ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek, haligacha vayronalar ostida va yo‘l chetida qolib ketgan jasadlar borligi ammo ularni Isroilning moneligi yuzasidan olish imkoni bo‘lmagani ham qayd etildi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati esa, «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida, hujumlarda jon bergan bolalar soniga e’tibor qaratdi.

Unda:

“Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida 15 ming 103 nafar yosh bola shahid bo‘ldi”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.

 



Aloqador xabarlar