Turkiya Gretsiyaning xalqaro huquqni buzganini isbotladi

Gretsiya xalqaro huquqni buzgan holda noharbiy maqomga ega (GASA) Egey orollariga zirhli transport vositalarini olib o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi Turkiya Qurolli Kuchlari dronlari tushirgan tasvirlarga asoslanib xabar berdi.

1884364
Turkiya Gretsiyaning xalqaro huquqni buzganini isbotladi
yunanistan adalara zirhli arac sevkiyati.jpg
yunanistan adalara zirhli arac sevkiyati1.jpg

 

Gretsiya xalqaro huquqni buzgan holda noharbiy maqomga ega (GASA) Egey orollariga zirhli transport vositalarini olib o‘tdi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi Turkiya Qurolli Kuchlari dronlari tushirgan tasvirlarga asoslanib xabar berdi.

Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, desant kemasi AQSH tomonidan Dedeag‘och portiga joylashtirilgan harbiy texnikalarni Samos va Lesbos orollariga yetkazgan.

Xabarda aytilishicha, 23 ta g‘ildirakli zirhli transport vositalari Lesbos oroliga, 18 tasi Samos oroliga yuborilgan.

Qayd etilishicha, 18 va 21 sentyabr kunlari yuz bergan voqealar Gretsiya Turkiya yaqinidagi orollarga qurol yetkazib berishda va noharbiy maqomga ega orollar maqomini buzishda davom etayotganining yaqqol dalilidir.

Xabarda aytilishicha, Gretsiya tomoni, xususan, Qo‘shma Shtatlar tomonidan uzatilgan qurollarni ushbu orollarga joylashtirishga intilmoqda.

AQSH tomonidan sovgʻa qilingan qurollarni noharbiy maqomga ega hududlarga joylashtirishga urinayotganligini bildirgan manbalar, NATOdagi ittifoqdoshi Gretsiyaning xalqaro huquq va ittifoqchilik ruhiga zid bu tajovuzkor harakatlarini “hech qachon qabul qilib boʻlmaydigan” deb baholadi.

Nashrning yozishicha, xavfsizlik idoralaridagi manbalar Turkiyaning NATOdagi ittifoqchisi Gretsiyaning muloqot va yaxshi qo‘shnichilik chaqiriqlariga hamda xalqaro huquq va ittifoqchilik ruhiga zid bo‘lgan agressiv harakatlarini “qat’iy qabul qilib bo‘lmaydi”, deya ta’kidlamoqda.

“Gretsiya uzoq yillardan buyon bu ikki orolning noharbiy maqomini bu yerga qurol-aslaha joylashtirish orqali buzmoqda. So‘nggi yetkazib berishlar Gretsiya tomoniga ba’zi harbiy mashinalarni AQSH bergan zirhli transportlarga almashtirish imkonini berdi”, deyiladi xabarda.

Manbalar, Turkiyaning muammolarni dialog va xalqaro huquq doirasida hal qilish borasidagi sa'y-harakatlari hamda yechim uchun birlashish taklifini eslatib, "Gretsiyaning barcha takliflarga qaramay yig’ilishlarga ham qatnashmasligi va bu kabi provokatsiyalarni amalga oshirishi taranglikni kim oshirayotgani, kimlar murosasiz, tajovuzkor va qonunga xilof ishlar bilan shug’ullanayotganining yorqin dalilidir”, degan ifodalarga o’rin berdi.

Eslatish joizki, Erdo‘g‘an kuni kecha Gretsiyani tarixdan saboq olishgan chaqirgandi. U 1922 yilda Gretsiyaning so‘nggi tayanchi – Egey dengizi sohilidagi Izmir shahrining qo‘lga kiritilishi va Gretsiya qo‘shinlarining Turkiya hududidan chiqarib yuborilishi bilan yunon-turk urushi yakunlanganini eslatib o‘tgandi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar