Bolgariya AQShdan 16ta F-16 jangovar samolyotlarini sotib oladi

Parlamentning ruxsati bilan dastlabki 8 ta F-16 samolyoti naqd 1 milliard 673 million dollarga sotib olingan. Samolyotlarning navbatdagi partiyasi uchun 1 milliard 32 million dollar taklif qilingan.

1860023
Bolgariya AQShdan 16ta F-16 jangovar samolyotlarini sotib oladi

 

Bolgariya AQShdan sotib olinadigan F-16 jangovar samolyotlari sonini 16 taga oshirdi.

Bolgariya Mudofaa vaziri Dragomir Zakov parlament mudofaa komissiyasi a'zolariga bergan bayonotida, AQShning qurol ishlab chiqaruvchi "Lockheed Martin" kompaniyasidan 8 ta F-16 Block 70 tipidagi samolyot sotib olish taklifi olinganini aytdi.

Mamlakat havo hududi xavfsizligi uchun mas'ul bo'ladigan yangi samolyotlar Rossiyaning eski rusumdagi “MiG-29” samolyotlaridan tashkil topgan havo kuchlari sifatini oshirishi kutilmoqda.

Parlamentning ruxsati bilan dastlabki 8 ta F-16 samolyoti naqd 1 milliard 673 million dollarga sotib olinganini qayd etgan Zakov, yangi samolyot uchun 1 milliard 32 million dollar taklif qilinganini qayd etdi.

Vazirning ta'kidlashicha, ushbu mablag’ni to'lash muddati kechiktirilgan holda 9 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Sotib olingan samolyotlarning dastlabki partiyasi ba’zi sabablarga ko’ra 2025 yilda yetkazib berilishi kutilmoqda.

Zakov ushbu kechikish sababli Qo'shma Shtatlar Bolgariyaga 35 million dollar tovon to'lashini qayd etdi.

Dragomir Zakov agar dastlabki F-16 samolyotlari 2025 yilning martigacha yetkazib berilmasa, qolgan 8 ta samolyotning to‘lovi kechiktirilishini aytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #AQSh , #Bolgariya

Aloqador xabarlar