Yevropa Ittifoqi Ukraina havo hududiga va yaqiniga uchishdan ogohlantirdi

Kyolnda joylashgan Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) Rossiyaning Ukrainaga harbiy aralashuvidan so‘ng ogohlantiruvchi xabar tarqatdi.

1784263
Yevropa Ittifoqi Ukraina havo hududiga va yaqiniga uchishdan ogohlantirdi

 

Yevropa Ittifoqi (YeI) aviatsiya agentligi Ukraina havo hududiga va yaqiniga uchishdan ogohlantirdi.

Kyolnda joylashgan Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) Rossiyaning Ukrainaga harbiy aralashuvidan so‘ng ogohlantiruvchi xabar tarqatdi.

Xabarda bugundan e’tiboran ehtiyotkor bo‘lish va Ukraina havo hududida hamda Ukrainaning Rossiya va Belarus chegaralaridan 185 kilometr masofada parvozlar amalga oshirilmasligi haqida ogohlantirilgan.

EASA vaziyatni baholashda davom etayotganiga ishora qilingan xabarda, ogohlantirishning ushbu bosqichda 24 maygacha amal qilishi ta'kidlandi.

Xabarda mintaqada faol to'qnashuv borligi, havo maydoni va muhim infratuzilmaning, jumladan, aeroportlarning fuqarolik parvozlari uchun mos emasligi, mintaqada xavfsizlik xavfini ochib bergan harbiy faoliyatlar bo'lgani bildirildi.

Fuqarolik samolyotlarining ham ataylab nishonga olinishi, ham noto'g'ri identifikatsiya qilinishi mumkinligi eslatilgan xabarda, mintaqada ko'plab quruqlik va havo urush tizimlarining mavjudligi va ulardan foydalanishi fuqarolik parvozlari uchun yuqori xavf tug'dirayotgani ta'kidlandi.

 



Aloqador xabarlar