Rossiya Ukrainani ishg‘ol etishni boshladi

Vladimir Putin bugun ertalab telekanal orqali xalqqa murojaat qildi.

1784126
Rossiya Ukrainani ishg‘ol etishni boshladi
super rusya ukrayna kriz
super rusya savas ucak

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ukraina sharqidagi Donbasda maxsus harbiy amaliyot boshlaganliklarini ma’lum qildi.

Vladimir Putin bugun ertalab telekanal orqali xalqqa murojaat qildi.

Unda Ukraina sharqidagi o‘zini separatist deb atagan hukumatlarning Rossiyadan harbiy yordam so‘raganini yodga solgan Putin:

“Shunga koʻra, maxsus harbiy amaliyot uyushtirish haqida qaror qabul qildim. Amaliyotdan maqsad sakkiz yildan beri Kiyev rejimi tomonidan zoʻravonlik va genotsidga duchor boʻlgan insonlarni himoya qilishdir. Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga ham doxil tinch aholiga qarshi koʻplab qonli jinoyatga qoʻl urganlarni adolatga topshirish bilan birga Ukrainaning natsizm va militarizmdan xalos boʻlishi uchun harakat qilamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ukraina hududiga bostirib kirish niyatlari yoʻqligini ta’kidlagan Putin, hech kimga hech narsani majburlamasliklarini ifoda etdi.

Rossiyaning harbiy amaliyotining Ukrainani garovga olganlarga qarshi qonuniy himoya ekanini ifoda etgan Putin, Ukraina fuqarolariga ham alohida murojaat qilib, “Bugungi voqealar Ukraina va Ukraina xalqi manfaatlarini buzish istagidan emas, Rossiyaning Ukrainani garovga olganlar va uni mamlakatimiz bilan xalqimizga qarshi foydalanishga uringanlardan himoya qilish maqsadidadir”.-dedi.

Harakatlarining oʻzlariga qaratilgan tahdidlar va bugun yuz bergan voqealardan yana-da kattaroq falokatdan oʻzlarini himoya qilish ekanini taʼkidlagan Putin, “Qanchalik qiyin boʻlmasin, bu fojiali sahifani imkon qadar tezroq oʻtkazib, birgalikda ilgarilash, hech kimning ishlarimizga, munosabatlarimizga aralashuviga yoʻl qoʻymaslik, munosabatlarimizni birgalikda mustaqil ravishda bunyod etish uchun buni tushunishingizni (soʻrab) va hamkorlikka chaqiraman”.-deya gapirdi.

Ukraina harbiylariga ham murojaat qilgan Putin, askarlarning Kiyev buyruqlarini bajarmasligini talab qildi.

Ukraina askarlarining, “Ukrainani talagan va bu insonlarni masxara qilgan xalqqa qarshi xuntaga emas, xalqqa sodiqlik ustidan qasam ichganini”,-qayd etgan Putin, “Uning buyrugʻiga amal qilmanglar! Darhol qurollaringizni qoʻyib, uyingizga ketishingizni iltimos qilaman. Ukraina armiyasidan bu shartni bajargan har bir askar, urush hududidan bemalol chiqib, oilalari yoniga qaytishi mumkin”.-dedi.

Undan tashqari Rossiya, Ukraina va Belarus bilan gʻarbiy chegaradagi havo hududining harbiy boʻlmagan qatnovlarga yopilganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Rossiya Dengiz va daryo transporti federal agentligi ham, Rossiya Mudofaa vazirligining ogohlantirishga koʻra, Azov dengizida kema tashishlarning toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Azov dengizi ham Ukraina, ham Rossiya bilan chegaradosh.

Ukraina ham oʻz havo hududini fuqarolik qatnovlar uchun yopganini maʼlum qildi.

Ukraina Davlat havo harakati xizmati tomonidan berilgan bayonotda, yuqori xavf tufayli Kiyev vaqti bilan soat 02:45 dan e’tiboran harbiy boʻlmagan uchoqlar uchun yopilgani bildirildi.



Aloqador xabarlar