Myanmadagi harbiy kuchlar, ijtimoiy tarmoqni vaqtinchalik man etdi

Myanmada 2020 - yilning 8 - noyabri kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda firibgarlik holati haqidagi munozaralar ortidan 1 - fevral kuni yuz bergan to‘ntarish orqali yetakchilikni bosib olgan harbiy kuchlar, ijtimoiy tarmoqni vaqtinchalik man etdi.

1577176
Myanmadagi harbiy kuchlar, ijtimoiy tarmoqni vaqtinchalik man etdi

Myanmada 2020 - yilning 8 - noyabri kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda firibgarlik holati haqidagi munozaralar ortidan 1 - fevral kuni yuz bergan to‘ntarish orqali yetakchilikni bosib olgan harbiy kuchlar, ijtimoiy tarmoq platformasi Facebookning vaqtinchalik bekitilishi borasida qaror qabul qildi.

Myanma Aloqa va axborotlashtirish vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, davlatga oid telekom shirkati MPT va mamlakatdagi xususiy internet - servislariga Facebookga erishishni 7 - fevralgacha to‘xtatishi haqida buyruq berilgani bildirildi.  

Vazirlik o‘z bayonotida, qarorning mamlakatdagi barqarorlikning ta’minlanishi uchun qabul qilinganini yodga solgan holda,

“Hozirdan e’tiboran ba’zi shaxslar Facebook orqali yolg‘on ma’lumot bo‘lishib, xalq orasida noto‘g‘ri tushunchalarga yo‘l ochmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hukumat buyrug‘i bilan 23 million foydalanuvchiga ega MPT, Facebookdan tashqari Instagram va WhatsApp ilovalarini ham man etar ekan boshqa telekom shirkatlarti esa faqatgina Facebookni bekitdi.

Facebook Matbuot xizmati kotibi Endi Stoun ham Myanmada saytga erishish hozircha to‘xtatilgani haqidagi ma’lumotning to‘g‘ri ekanini tasdiqladi.


Tanlangan kalimalar: #Myanma , #ijtimoiy tarmoq , #harbiy kuchlar

Aloqador xabarlar