BMTXK, Myanmada yuz bergan harbiy to‘ntarishni qo‘lga oldi

BMT Xavfsizlik kengashi Myanmada 1 - fevral kuni yuz bergan harbiy to‘ntarishni qo‘lga oldi.

1576476
BMTXK, Myanmada yuz bergan harbiy to‘ntarishni qo‘lga oldi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Myanma bo‘yicha maxsus vakili Kristian Shraner Burgener, tezlik bilan mamlakatda demokratiyaning o‘rnashi va Myanmaning takror izolyatsiya qilinmasligi kerakligini qayd etdi.

BMT Xavfsizlik kengashi yopiq majlisda Myanmada 1 - fevral kuni yuz bergan harbiy to‘ntarishni qo‘lga oldi.

Kengashga ma’lumot bergan Burgener uni yig‘ilish ortidan matbuot bilan ham bo‘lishdi.

Myanmada Qurolli kuchlarning yetakchilikni bosib olishini keskin qoralagan Burgener, BMTXKdan Myanmada demokratiyani qo‘llab - quvvatlashini talab qildi.  

Ular orasida Davlat rahbari Vin Mint va Davlat kengashi rahbari shuningdek Tashqi Ishlar vaziri Aung San Su Chi ham o‘rin olgan nazorat ostidagi ba’zi hukumat rahbarlarining tezlik bilan ozod etilishini so‘ragan Burgener mamlakatda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining qurolli kuchlarga o‘tishining nihoyatda xavotirli vaziyat ekanini bildirdi.  

Burgener, Myanmada bir yil favqulodda vaziyat e’lon qilinishi va harbiy bo‘lmagan yetakchilikning nazorat ostiga olinishining konstitutsiya talabiga javob bermasligini belgilab o‘tgan holda, qurolli kuchlarning saylovlarni takror uyushtirish haqidagi taklifining qo‘llab - quvvatlanmasligi kerakligini ifoda etdi.

Mamlakatda 50 yillik harbiy xuntaning 2011 - yili yakun topishi bilan paydo bo‘lgan Myanmaning takror ortga ketishiga ruxsat berilmasligi kerakligini ta’kidlagan Burgener,

“Myanmada demokratiya tezlik bilan o‘rnashi va mamlakat takror izolyatsiya qilinmasligi kerak”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar