Turkiya-Sudan "Ishbilarmonlar kengashi" vujduga keltirish tashabbusi...

Turk va Sudanli ishbilarmonlar, "Mushtarak Ishbilarmonlar Kengashi" vujudga keltirish mavzusida kelishdi.

875897
Turkiya-Sudan "Ishbilarmonlar kengashi" vujduga keltirish tashabbusi...

Turk va Sudanli ishbilarmonlar, ikki davlat o'rtasida "Mushtasrak Ishbilarmonlar Kengashi" vujudga keltirish mavzusida kelishdi.

Sudan Ish Ta'minlovchilar Konfederatsiyasi rahbari Suud al-Berir, prezident Rejep Tayyip Erdo'g'anning ziyorati doirasida poytaxt Hartumda Sudan-Turk ishbilarmonlar forumida so'zlagan nutqida, "Turkiya, har ikki davlatlarning manfaatlari uchun nima kerak bo'lsa barcha xususiyatlarni o'ziga mujassam etmoqda" dedi.

Berir, ikki o'lka o'rtasida Mushtarak Ishbilarmonlar Kengashi vujudga keltirish uchun Sudan va Turk tadbirkorlar o'rtasida kelishuv tuzilganini ifoda etdi.

Turkiya Eksport Kredit Banki Anonim shirkatini (Turk Eximbank), tomonlar til topgan banklar mavzusida, Sudanda xususiy sektor bilan faoliyatlarni uzluksiz davom ettirganini ifoda etgan Berir, Sudandagi xususiy sektorining, ikki davlatning siyosiy organlarining dastagi bilan, sanoat va konchilik sohasida strategik loyihalarni hayotga tatbiq etishdan umidvor ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g'anni, Turkiyadagi xususiy sektorga alohida ahamiyat berganini va buning uchun o'lkada keng ko'lamli iqtisodiy rivojlanishga boshchilik qilganini ifoda etgan Berir, "Prezident Erdo'g'an, tarixga tamg'a urib Turkiyani dunyoda iqtisodiy va siyosiy jihatda ko'targan. Turkiya yetib kelgan iqtisodiyot raqamlariga erishish imkoni yo'q" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar