Haydar al-Abadiy, IKMMning muloqat undoviga javob berdi

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy, poytaxt Bog’dodda o’tkazgan matbuot anjumanida IKMMning muloqat undovlari, konfederatsiya iddiolari, IKMMdagi uyali telefon operatorlarining Bog’dodga ko’chishi va mamlakatning neft zaxirasi masalalariga to’xtaldi.

824558
Haydar al-Abadiy, IKMMning muloqat undoviga javob berdi

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati 25-sentanbrdagi noqonuniy referendumini bekor qilmagunga qadar, muloqat qilishning imkonsiz ekanligini qayd etdi.

Abadiy, mubohasali hududlarda xavfsizlikni ta’minlash masalasining markaziy boshqaruv vazifalaridan biri ekanligini ham eslatar ekan, nomi tilga olingan hududlardagi Peshmerga kuchlarini federal boshqaruv kuchlari bilan to’qnashmaslikka chaqirdi.

Bosh vazir al-Abadiy, poytaxt Bog’doddagi hukumat saroyida o’tkazgan matbuot anjumanida IKMMning noqonuniy referendum masalasi yuzasidan Bog’dod bilan o’tkazmoqchi bo’lgan muloqat undovlariga qarshi,

“Muloqat Iroqning birlik va birdamligi shuningdek konstitutsiyaga bo’lgan hurmat va referendumning bekor qilinishi bilan aloqalidir. Referendum masalasi bekor qilinmagunga qadar hech kim bilan bu masalani muzokara ham qilmaymiz” dedi.  

Oxirgi kunlarda kun tartibiga olib chiqilgan konfederatsiya iddiolari haqida esa al-Abadiy,

“Konfederatsiya masalasi konstitutsiyaning o’zgartirilishi va Majlisning uchdan bir bo’lagining tasdiqini talab qilgan vaziyatdir. IKMM bilan hech qanday ajralishga yo’l qoyilmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

IKMMdagi uyali telefon operatorlarining Bog’dodga ko’chishi masalasiga ham to’xtalgan Iroq Bosh vaziri, “Uyali telefon operatorlari, federal boshqaruv qarorlariga amal qilajaklarini ma’lum qildilar” dedi.

Neft masalasida ham bayonot bergan Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy, Iroqdagi neftda barcha Iroq xalqining ulushi borligini ta’kidladi va “Butun dunyo liderlari, federal boshqaruvning mamlakat tuproqlaridagi nazoratni qo’lga olish vazifasini qo’llab-quvvatlashini bayon etdi” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar